O'zbekiston terma jamoasi JCHga chiqadi deyishgandayoq men aytgandim "UFFda shu raxbarlar bor ekan Terma jamoamiz JCHga chiqolmaydi" deb, O'shanda menga qarshi chiqqanlar juda ko'p edi. Ana yoshlarimniz va O'smirlarimiz JCHga chiqyabdiku deb, Yoshlar va O'smirlarimiz ming marta JCHga chiqqan bilan Milliy terma jamoa JCHga chiqa olmasa shaxsan men uchun umuman qizigi yo'q. Qolaversa qani o'sha Yoshlar va O'smirlar terma jamoalarimizni JCHga chiqishini mevasi?? Har ikkala terma jamoami,zni JCHga chiqishini va munosib ishtirok etishini mevasi qachon yeymiz??!! Qachon asosiy terma jamoamiz Jahon chempionatida hech bo'lmasa guruh o'yinlarida o'ynab qayatadi? Kuni kecha U-22 terma jamoamiz ham sharmandalik yurishni davom ettirdi, ho'sh bunga endi kim javob beradi? Yana o'sha eski :Tayyorgarlikka vaqtimiz ozliq qildi, uzoq uchishlar, har ikki kunda o'yin o'tqazish yosh futbolchilarga ogirlik qildi, bizda qish bu yerda yoz havosi, bizda mavsum boshlanmadi bularda ayni mavsum pallasi.. va hokazo bahonalarni eshitamizmi?? 22 yoshniyam go'dak deyaversak qachon bizni futbolchilarimiz ayni kuchga to'lgan vaqti hisoblanadi?? 28-30 yoshni qariga chiqarsak, 22yoshniyam yosh desak!!! Qachongacha bahonalar topamiz? Uzoq uchishni bahona qilsak ahir boshqa terma jamoalar ham uzoq uchadiku, 22 yoshniyam go'dak desak bizni yengan arablar ham 22 yosh emöasmi?? Ahir ular ham huddi bizdek 2 kunda bir o'yin o'ynashmadimi?? Men bir narsaga hecham tushunmayman, qaysi, terma jamoamiz safar o'yinlariga borsa Rustam Akramov va Asqar Tolibjonov hoziru nozir, ularni boshqa qiladigan ishi yo'qmi? U-22 terma jamoa maglubiyatini kim qanday izohlaydi? Kim javob beradi?? Dono haqlimizda "baliq boshidan sasiydi" degan naql bejizga aytilmagan. Hamma balo Mirabror Usmonovda. Nega deysizmi? Ahir Asqar Tolibjonovni qingirliklari haqida unga ma'lumot berishmagan deb o'ylaysizmi? Asqar Tolibjonovni ishdan haydash o'rniga amalini ko'targani butun futbol muhlislari ustidan kulish emasmi?? Nima emsih Usmonov davrida stadionlar qurilibdi.. Stadionlarni Usmonov cho'ntagidan qurmagan aksincha viloyatdagi tashkilotlar yelkasiga tushgan yuk ekanligini nahotki hech kim bilmaydi deb o'ylasa?? Usmonov faqat buyruq bajaryabdi holos, aniqrogi vazirlar mahkamasini futbolni rivojlantirish haqidagi chora tadbirlarni ayrim bandlarini bajaryabdi holos. Asqar Tolibjonov ham faqat buyruq bajaradi. Agar Usmonov Tolibjonovdan talab qilsa Tolibjonov ishlamaydi deb o'ylaysizmi? Usmonovga oson emas, MOQ prezidenti, senator va o'zini shaxsiy biznesi bor deydiganlarga javobim shu: Nega unda UFF prezidentligidan voz kechmadi? Hech kim majburlamadiku! Qolaversa iste'foga chiqaman o'rnimga 7 yildan beri odam tayyorlab kelyapman degan odam nega ahdidan qaytdi? Nima, birgina Abdurahmon Fozilov siz UFFdan ketsangiz ochlik e'lon qilaman degan gapidan shu bechora bola ochlik e'lon qilmasin, uniyam bola chaqasi bor deb qoldimi?? Agar Usmonov birgina inson uchun ish tutganida millionlab muhlislarni dardu holiga e'tibor berib tinglardi!!! UFFdagi prezident" saylovi" shunchaki bir maynavozchilik bo'ldi holos. Bir viloyat futbol federatsiyasidagi insondan . nega Usmonovga qol dedilaring? desam :Ahir mendayam bola chaqa bor sen o'tirib gapiraverasan, bizga yana Usmonov qayta saylanishini "talab" qilishlik va buni butun futbol muhlislari "istayotgani"ni aytishni "tafsiya" qilishdi dedi. Bu gap qanchalik rost yoki yolgon bilmadimu lekin, Usmonov shunchaki muhlislarni laqqillatdi holos.Usmonovni ishi shunchalik ko'p bo'lsa nega UFFda qoldi? Ketaman desa hech kim ushlab turmasdiku!! Saylovda hech bo'lmasa kim nomzod ekanligi haqidayam rasmiy bayonot berilmadi ham. Usmonov tijoratdan ko'ra futboldagi "tijorat" bilan ishlash ancha foydali ekanligini tushundi shekilli.. Chunki Futbol ancha-muncha tijoratdan ko'ra anchagina ko'p daromad keltirishini hamma ham bilavermasa kerak.. Qolaversa Usmonov janoblari ogiz ko'pirtirib maqtayotgan dadomadlarni Hukumat qaroriga ko'ra majburiy ravishda futbolga homiy qilib biriktirilgan tashkilotlardan yulib olingan mablag ekanligini futboldan sal tushunganlar yaxshi bilishadi. Chet elodan bosh murabbiy olib kelamiz deb muhlislarni aldadi, kegin bo'lsa ahdidan qaytdi. Aslida Usmonov janoblari bir so'zlik emas ming so'zlik ... ekanligiga aslo shubham qolmagan. Bu kungacha necha marta aytib ham qaytgan inson bundan kegin ham davom etadi. Bukrini go'r tuzatadi deyishadi. Usmonovniyam go'r tuzatadi. Usmonovni yonini olayotgan jurnalistu "mutahasis"larniyam togri tushunaman, ulardayam bola chaqa bor. Lekin vijdonni yutvorish kerak emas, yaxshisi maqtamagin. 3-4jurnalist Usmonov bilan "suhbatdan" kegin biz galaba qoznodik Usmonov uzr so'radi deb maqtanib yuribdi, ey laqmalar aslida galaba emas maglubiyatga uchraganingni, Usmonovni ko'p so'zlik ekanligidan nahotki sezmasang? 2000-yilgacha UFFda pul bo'lmagan emish, lekin o'sha 2000-yilgacha stadionlarda muhlislar to'lar edi!!! UFFdagi mansabrodlarni qarasa bir vaqtlar bir umrga futboldan chetlatilgan İmomov, Najafaliyevlar hamon ishlayotganligini ko'ramiz. UFFni korrupsiyaga aynan Usmonov botirdi, Usmonov oppoq deyotganlar qani aytinglarchi birorta tashkilot raxbari qo'l ostidagilarni kirdikorlarini qachongacha sezmaydi? 1-2-3yil sezmasa ha endi deysiz nahotki 8 yildan beri firibgarliklardan habarsiz deb o'ylayotgan bo'lsangiz??? UFFda qachon shaffof saylov bo'ladi? Qachon UFF jurnalistlar oldida ochiq savol javob qila oladi? Qachon terma jamoalar kuchli terma jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tqazadi? Qachon bir murabbiy faqta bir terma jamoada xaqiqiy fidokorona mehnat qiladi? Usmonov keldiyu bir murabbiy bir nechta joyda ishlashni modaga aylantirdi! Usmonov UFFniyam qarindosh urugchilar makoniga aylantirdi!! Mini futbol raxbari aynan Usmonov janoblarini o'gli ekanligini oddiy futbol muhlisi bilmasa kerak. UFF O'zbekiston futboö federatsiyasi emas, UFF bu o'zbekiston firibgarlar federatsiyasi deb aytilsa to'gri bo'lardi!! PFL bo'lsa professional firibgarlar ligasi!!....
P.S. Davomi bor.....
17 Ocak 2014 Cuma
12 Ocak 2014 Pazar
Rasulallohga (S.A.V) Maktub.
Assalomu alaykum Rasulalloh S.A.V, bugun sizni tavallud kuningiz. Allohim ushbu muborak kunda sizga goyibona maktub bitishimni nasib etgani uchun shukronalar keltiraman. Rasulalloh S.A.V, sizga men garchi Alloh sizga bildirib tursada bugungi yashayotgan kunimiz haqida maktub bitmoqdaman. siz yashagan asri saodatda insonlar chindan ham saodatda yashagan ekanlar. Siz yashagan zamonda va undan keyingi zamonlarda mo'minlar haqiqiy mo'min sifatiga mos ravishda yashashgan ekan. Hozirgi yashayotgan zamonamiz shu qadar "taraqqiy" topdiki musulmonni namoz vaqtida musulmon ekanligini bilamiz holos, namozdan kegin deyarli barcha yana bir hil, kiyimda ham yurish-turishda, gunoh ishlashda ham.. Siz yashagan davrda Sahobalar gunoh qilsa yeglab Allohga istigfor aytishgan bo'lishsa hozirgi zamonamizda bunday yeglab istigfor aytishlar afsonadek bo'lib qoldi. Pora olgan ham bergan ham bir hil gunohda ekanligini aytgan bo'lsangiz ham hozir pora berish mahorat, olish bo'lsa san'at darajasiga yetay deb qoldi. Pora bera olmagan va pora olmaganlar kulgiga qolgan zamonda yashamoqdamiz. Yo Rasulalloh S.A.V, Siz yashagan asri saodatda oddiy xalqdan tortib amaldorgacha gunoh ishlasa bir xil jazoga tortilgan bo'lsa bizni zamonamizga kelib jazoga tortilishlar boy-kambagal, amaldor-oddiy xalq, va hokazoga qarab belgilanadigan bo'lib qoldi. Siz yashagan davrda musulmon erkaklar azbaroyi kambagalchilidan kalta ishton va badani ochiq yurgan bo'lishsa bizni zamonamizga kelib kalta shortik kiyish zamonaviylik va madaniyat, yalangoch yurish bo'lsa uyat bo'lmay qoldi. Siz yashagan davrda bir burda nonni ham dindosh birodari bilan bo'lishib yeyishgan bo'lsa bizni zamonamizga kelib bir qop nonni ham ahlatga tashlasa tashlaydiki aslo birovga ehson qilmaydigan bo'lib qolmoqda. Siz yashagan davrda birovdan manfaat kutmasdan yordam qilingan bo'lsa, biz yashagan zamonda amali, boyligiga qarab, keginchalik foydasi tegadimi yoki yo'qmi, shunga qarab yordam berilmoqda. Yo Rasulalloh S.A.V, siz yashagan davrda musulmon bir va'da bersa uni ustidan chiqishga harakat qilgan va iloji boricha va'dasi ustidan chiqqan. Va hamma musulmon insonga ishongan. Ammo ming afsuskim bizni zamonamizga kelib musulmon va'da tugul qasamlar ichadi, lekin ustidan chiqishni hayoligayam keltirmaydi, musulmonni so'ziga, va'da va qasamiga bugungi kunda ishonch tobora so'nib bormoqda... Siz jannat onalar oyogi ostida deb marhamat qilgan mo'tabar onalarimiz bugungi kunda farzandlari tugul farzandini hotin bola-chaqasiga qo'shib boqishga majbur bo'lmoqda, hattoki jihodga ketishda onasini roziligi,ni olmagan sahobani ortga qaytarganingizni bilishsayam ona bizni dunyoga keltirishga sababchi holos deydigan zamonda yashayapmiz. Bugungi kunda onalar farzand mehriga zor yashashmoqda.. Otalar ham farzand o'stirganidan ming pushaymonlikda kun kechirishmoqda.. Siz yashagan davrda sizdan biror narsa o'rganarman deb sizni suhbatingizda bo'lishni orzu qilishgan va sizni muborak yuzingizni ko'rish, duolaringizni olishni baxt sanashgan bo'lishsa bugungi kunda ayrim "musulmonlar" faqat sizni mubora nomingizni bilishadi holos.. Sizni muborak hayotingizni, ahloq va odobingizni, oilaparvarligingizni bilishmaydi. Sizni haqorat qilgan kofirlarga qarshi hech narsa qila olishmaydi, muborak sha'ningizni himoya qila olishmaydi.. Ha, hozir shunday kuchsiz musulmonlar zamonasida yashayapmiz. Sizni muborak sha'ningizni himoya qila olmagan, siz haqqingizda muborak nomingizdan boshqa narsani bilmaydigan bugungi "musulmon" ummatlaringiz, qayoqdagi ajnabiy futbol klubi yoki bir dinsiz futbolchini qachon qayerda tavallud topgani, qaysi klubda faoliyat boshladiyu bolaligi qanday o'tgani, nechta sevgilisi bo'lganiyu nechta va qaysi markadagi mashinasi borligi, qanday kirimni sevishiyu qanday taomni hush ko'rishi, qaysi oyoqda qancha gol urganiyu qancha pas bergani, qancha o'yinda qancha daqiqa o'ynaganiyu qancha kilometr chopganligigacha bilishadi. Oddiy musulmonlar tugul katta-katta hojilar, ulamoyu imomlar o'z manfaati yoki birorta amaldor manfaati uchun harom favolar beradigan zamonda yashayapmiz. Yo Rasulalloh S.A.V, Bugungi kunda siz ohirgi zamon ummatim deb fahrlangan biz ummatingiz shunday razolatda yashamoqdamiz. Siz kelin tanlashda dindorligini tavsiya qilgan bo'lsangiz hozirgi kunda dindorligi yoki chiroyi uchun emas, boyligi uchun kelin qilishmoqda, kuyovlarni halol, Allohdan qo'rqqanligi uchun emas, "toparmon-tutarmon"ligiga qarab kuyov qilishmoqda. Kuyov kambagal lekin Allohdan qo'rqqani uchun pora olmasa, pora bermasa, xaromdan xazar qilsa, o'gri bo'lmasa, boriga shukr qilib yashasa unday kuyovni landovur va lattaga chiqarishadi, boridyu o'gri, kazzob, poraxo'r bo'lsa va boy bo'lsa kelin taraf uchun shuni o'zi yetarli bo'lmoqda, toparmon-tutarmon deb ikki qo'llab qiz berishmoqda... Yo Rasulalloh S.A.V
, siz yashagan davrda musulmon odam o'lsa insonlar uni qabrda qanday savol javob berarkin, qabr azobi tortmasmikan deb o'ylasb yeglashgan bo'lishsa hozirgi kunda o'lmasdan turib yotavermay qachon o'larkinu menga nima meros qoldirarkin, quruq qolmasmikinman, o'lsa o'ligini men ko'msam mega ogirlik qilmasmian?, Marakasiga nima so'ysam ekan, 20-40-52 va yil degan marosimlariga qancha sarflarkinman?, 30-40-50 kilo hatto 100 kilo oshlar damlab maraka qilsam xalq meni "sahovatli" dermikan obro' toparmikanman deb qaygurib yeglaydigan zamonda yashayapmiz. Kambagalllar bo'lsa o'likni o'lishidan ko'ra ko'milishiyu, undan keyingi sarf-harajatni o'ylab yeglaydigan zamonda yashayapmiz. Yo Rasulalloh S.A.V, Saodat asri va undan keyingi zamonlarda musulmonlar hajga Alloh farz qilgani uchun va hajga bir tiyinini bo'lsayam harom aralashtirmay borishgan bo'lishsa bizni zamonamizda Hajga borish Hoji unvonini olish uchun borishga, aslida umrida bir marta borish farz qilingan bo'lsa kim o'zar uchun bir necha marotalab hajga orish musobaqasi bo'layotgan, hajga halol yo'l bilan emas xarom yo'l bilan pul topib, haj yo'llanmasiniyam ULAMOlar tarafidan poraga sotib olinib borilayotgan zamonada yashamoqdamiz. Hajdan kegin gunohlarga tavba qilib boshqalarga o'rnak bo'lish o'rniga hajdan qaytgach el ko'ziga hoji ko'rinib, aslida harom ishlarga battar ruju qo'yib, aroq, qimor va foxishabozlik zinolarni ochiq emas parda orqasida bajaradigan, besh mahal namozni bo'lsa o'lda jo'lda o'qiydigan HOJİlar zamonasida yashayapmiz. Mo'mina onalarimiz Avvallari bilagi ochilib qolsa uyatdan o'lay deyishgan bo'lishsa bugungi kunda bilagi yoki yelkasi berkilgan ko'ylak kiysa uyatdan o'lay deydigan zamonada yashamoqdamiz. Gunoh qilishda mo'min musulmonlar kim o'zar o'ynamoqdamiz. Yo Rasulalloh S.A.V, siz : mo'min mo'minni gunoh qilayotganini ko'rsa qo'li bilan, qo'li bilan qaytarolmasa tili bilan bordiyu tili bilan qaytara olmasa dili bilan qaytarsin lekin bu iymonni zaifligidir " deb marxamat qilgan bo'lsangizda hozir mo'min mo'minni gunoh qilayotganligini ko'rsa til tugul dil bilan ham qaytarmaydigan, aksincha o'zi birgalashib o'sha gunohni qilishda yordam beradigan yoki menga nima battar bo'lsin deb teskari qarab ketadigan, yeqilsa ko'tarish o'rniga ustiga chiqib tepkilaydigan zamonda yashayapmiz. Asri saodatda hamma musulmon ahil bo'lgan bo'lsa bugungi kunda bir mahallada 2-3 masjidga firqa-firqaga bo'linib, mazhab talashib, kofirlarga qarshi ham ilmda ham boshqa sohada bir bo'lish o'rniga aksincha o'sha o'zini maqullamagan firqani maglubiyatga uchrashi uchun gayridin va kofirga dastak ebradigan zamonada yashamoqdamiz.Xotin-qizlar deyarli yarim yalangoch, yigitlar ulardan qolishmaydigan kiyim kiyib yurgan pallada ulamolar bir biri bilan namozni do'ppi kiyib o'qish kerakmi yoki kiymasa ham bo'laveradimi deb tortishib yurgan zamonada yashamoqdamiz. Asri Saodatda musulmonlar bo's vaqtini har bir daqiqiasini Alloh va Rasuli S.A.V buyurgan ishlar va ilm bilan mashgul bo'lishga harakat qilishgan bo'lisha hozirgi zamonda har bir bo'sh daqiqada kino ko'rish, odnoklassnikida behuda vaqt sarflash, har bir qadamini twitterda hammaga e'lon qilish, uxlash bilan yoki fuxush ishlar bilan, harom ishlar bilan vaqt sarflaydigan zamonada yashamoqdamiz. Avvallari Namozhon insonga hamma hurmat bilan qaragan bo'lsa hozir namozhon insonga past, zamondan orqada qolgan qoloq db qaraydigan zamonada yashamoqdamiz. Asri Saodatda muhtoj bo'lganlarga beminnat yordam berilgan bo'lsa, hozir iloji oricha yordam bermaydigan bersa ham minnat bilan qaytararmikan degan hadik bilan yordam beradigan zamonada yashamoqdamiz. Yo Rasulalloh S.A.V
, Bugun muborak mavlud kechasida garchi bugungi kunimiz haqida Alloh sizga bildirsada yana sizga maktub yozdim, Yozish avvali va oirida muborak ruhingizga salavotlar aytdim. Bu sizga birinchi maktubim va Alloh nasib etsa albatta yana goyibona maktub bitaman. Sizga va ahli honadongingizga cheksiz salotu durudlar, Allohdan Rahmatu magfiratlar tilab, qiyomat kunida shafoatingizdan umid qilib bugungi birinchi maktubimni yakunlayman.
10 Ocak 2014 Cuma
Futbolchi ham inson.
Futbol millionlar ko'nglini zabt etgan sport turi. Muhlis sevimli futbolchisini o'z sevimli jamoasidan boshqa klubga o'tsa "sotqin"likda ayblashadi. Lekin, futbolchini futbolchilik faoliyati unchalik uzoq emasligini va shu qisqa futbolchilik faoliyati davomida kelajagi haqida o'ylashi kerakligini, futbolchini ham oila, bola-chaqsi borligini unutib qo'yishadi. Futbolchi jiddiy jarohat olib maydondan ma'lum bir muddatga chetga chiqib qolganda, yoki umuman shu jarohat tufaylik futboldan butunlay chetga chiqqanida stadion to'la muhlislarni olqishi o'sha stadionda qolib ketisini unutib qo'yiladi. Mana, Nasaf klubi sobiq futbolchisi kamoliddin Kenjayev jarohat tufaylik nafaqat futbol, balki umuman mehnat qilish qobilyatini yo'qotdi, nogiron bo'lib nogironlar aravasiga mihlanib qoldi. Qani o'sha ashaddiy muhlislardan qaysi biri Kamoliddinni ogir kunida moddiy yordam beryabdi? Nafaqat moddiy, balkim Kamoliddinni ma'naviy taraflama qo'llab quvvatlayabdimi? Men bu gaplarim bilan muhlislarni aybdor demoqchi emasman balki futbolchi biror bir jamoani tark etib boshqa jamoaga o'tsa uni sotqinlikda ayblamasliklarini so'rardim. Shuningdek UFF qoshida Futbolchilar ittifoqi yoki Futbolchilar kasaba uyushmasini tuzishni, tuzilgan yangi uyushma yoki tashkilotga esa aynan jarohati sabablik futbolchilik faoliyatiga nuqta qo'ygan sobiq futbolchini boshliq bo'lishi kerak. yetakchi kulblarimizdagi futbolchilar mavsum davomida milliy chempionat, mamlakat kubogi, OFC chempionlar ligasi, OFC kubogi, Milliy terma jamoa o'yinlari va qolaversa shu musobaqalar daomida son-sanoqsiz mashgulotlarda qatnashishadi. Klub ham milliy terma jamoa ham bordiyu futbolchi jiddiy jarohat olib futbol bilan hayirlashsa futbolchi biz uchun o'ynagandi, bizni deb jarohat oldi deyishmaydi. Jarohat olgan futbolchilar UFFga arz qilib borgan hollari uchrab turishi menimcha hech kimga sir bo'lmasa kerak. Jarohat olgandan kegin ayrim klublarimiz futbolchiga ma'lum muddat maosh berishi rost, lekin bir umr maosh berolmaydiku. Menimcha futbolimiz mutasaddilari ham futbolchilar huquqini himoya qiladigan tashkilot ustida bosh qotirishsa maqsadga muvofiq ish bo'lar edi. Hozirgi kunda UFFda "Hakamlar huquqini himoya qilish" qo'mitasi bor, lekin "Futbolchilar huquqini himoya qilish qo'mitasi" yo'q. Evropada bunday qo'mitalar bor. Va evropadagi futbolchilarni huquqini shu tashkilot himoya qiladi, futbolchini milliy birinchilik, milliy terma o'yinlari va klublarni halqaro maydondagi o'yinlarida futbolchilarni huquqini himoya qiladi. Bizda ham Futbolchilar Huquqini himoya qilish tashiloti tuzilsa, futbolchilarimizni mehnat shartnomalari, ularni xaq va huquqlari bilan shugullanishsa, UFF va PFL futbolchi va klub o'rtasidagi mash-mashalarga chek qo'ygan bo'larmidi.. Balki fikrimni to'la to'kis tushuntira olmagandirman, balki fikrim hech kimga yoqmas, balki fikrimni qo'llaydiganlar bordir. Har qalay men na jurnalis va na futbol bo'yicha mutahasis emasman, lekin futbolchilar huquqini himoya qilishni o'ylash ham kerak.
7 Ocak 2014 Salı
Oqillik va Johillik
Bundan 10 yil avval ham internet bugungi kunimizdagi kabi rivojlanmagan edi. Hozirgi kunda internetdan foydalanmagan vatandoshimizni topish qiyin bo'lsa kerak. Eng kamida skype yoki boshqa ijtmoiy tarmoqdan foydalanishadi. Bugungi kunda internetdan deyarli barcha sohada foydalanish mumkin bo'lganidek, qora niyatli kishilar ham internet tarmoqlarida anchagina faol bo'lib qolishgan. Yaqinda Odnoklassniki.ru filmini ko'rdim, va film joylashtirilgan saytdagi film tagiga yozilgan izoh o'qib chiqdim. İzoh qoldirganlarni ko'pchiligi O'zbekistondan tashqarida yashayotgan vatandoshlarimiz tomonidan qoldirilgan. Achinarlisi film va film ijıodkorlari sha'niga tegadigan haqoratli izohlar qoldirilgan. Kino barchaga birdek manzur bo'lmasligi tabiiy lekin kinodagi voqeaga o'xshash voqealar hayotda mavjudku, nahotki buni o'sha izoh qoldirgan "vatandoshlar" ko'rishmayabdi? Men ham "kino biroz bo'rtirilgan bo'lishi mumkin lekin hayotda uchrab turgan voqealardan olingan" desam meniyam dinsiz va kofir deyishgacha borishdi. Hozirgi kunda istalgan ijtimoiy tarmoqqa kirsangiz, Odnoklassniki, Facebook bo'lsin barchasida dinni niqob qilib olgan qora niyatli kishilar borligini ko'ramiz. Dindan savol bersangiz chala-chulpa javob ebradi, topgan gapi "jihod". Shahsan o'zim ko'rganimni aytyapman, shunday qora niyatli razil kimsalar tarafidan turli aldov yo'li bilan miyyasini zaharlab Suriyaga jihodga ketayotgan 3-4 vatandoshimizni ko'rdim. Ularga bu hato yo'l, ota-ona rozi bo'lmaydi desam :"ota-onamiz bizni dunyoga kelishimizga sababchi holos" degan gapni aytishdi. İjtimoiy taqmoda dindor niqobi ostida yoshlarni ongini zaharlayotganlar orasida ayollar ham anchagina faol. Umuman olganda ijtimoiy tarmoqda nafaqat din, balki boshqa niqob ostida miyya zaharlayotganlar ham bor. Jumladan O'zbekiston Xalq Harakati degan "harakat" a'zolari anchagina bo'lmasada baribiram mavjud. Ular ham asosan yoshlarni o'z safiga qo'shish va tinch davlatimizni tinchligini buzishga qaratilgan. Ular orasida Jihod degan so'zni mahkam ushlab olgan kimsalar ham bor. Shuningdek internet saytlariga kirsangiz internetda fohishabozlikni targib qilayotganlar, porno rasm va video tarqatayotganlar, odam savdosi bilan shugullanayotgan toifalarniyam uchratasiz. İnternetdan oqillik bilan emas johillik bilan foydalanayotgan toifalar ko'paysa ko'payyapdiki aslo kamaymayapdi. TVda, gazeta va jurnallarda bunday tahlikali johillar haqida xar qancha ogohlantirilsada negadir ayrim yurtdoshlarimiz baribir johil kimsalar to'riga tushib o'zlari ham johilga aylanib qolishyabdi. Bugungi kunda shu internet orqali oila qurganlar bo'lganidek, internet tufayli butun oila barbod bo'layotgani, ayrim oila buzilib, bolalar yetim qolayotganiyam sir emas. 15-16 yoshlik o'smir yigit va qizlarni yosh desak, kap-katta 30-40 yoshdagilarni nima deyishimiz mumkin? Nega vatandoshlarimiz shuncha ogohlantirilishiga qaramay johillar to'riga o'zlarini otishga harakat qilaverishadi?. İnternetdagi har kim ham Din borasida yetarlicha bilimga ega emas, İnternetdagi har kim ham siyosatni to'la tushunadigan siyosatchi emas, Va internetdagi har kim ham tijoratchi yoki ishga joylab qo'yadigan ish yeriga ega emas. Aslida men yuqoridagi fikrimni musobaqa uchun yozmadim, yozishni ancha oldin niyat qilgan edim. Hozir qisqacha bo'lsada o'z fikrmni yozdim, batafsil va to'liq bir necha kundan kegin yozishni niyat qilganman.
5 Ocak 2014 Pazar
"Arazchilar"
Bizni mahalladan avval suv tez-tezda arazlab ketib qolardi, kegin elektr ketadigan bo'ldi, Gaz esa butunlay "razvod"ga berdi.. Ularni arazchiligidan hafa bo'laverib sham ham tez eriydigan bo'lib qoldi.. Ko'mirni biz yoshligimizda rangi qora edi. Jiyanlarimga ko'mir yoqmaysizlarmi desam :amaki, ko'mir qanaqa bo'ladi? deyishdi.. Yoqmagan narsani bilmaslik tabiiy holda nima deyolardim.. Gaz, suv, elektr va ko'mirga yarashaylik deb butun mahalla yalindik, qayogda hecham yarashishga, uyga qaytishga rozi bo'lishmadi... Suv bir sutkada 6-7 soatga "kelib" turishga va'da berdi, shundayam ertalab 2 soat, obedda 2 soat va judayam zarur vaqtda ya'ni tungi 1-2larda 2 soatga kelib "habar" olishga arang rozi bo'ldi. Gaz esa kunlar isiganida kela olishini aytib o'z uzrini so'radi, Svet bo'lsa surbetlarcha ish tutdi, ya'ni "hohlasang shu bo'lmasa katta ko'cha, hohlagan vaqtimda kelaman nima ishing bor" dedi. Gaz, Svet, Suv va Ko'mir qalin do'st tutinishib, Biri Rossiyaga, biri Hitoyga, biri Dalaga yana biri esa Afgonistonga qarab ketvoribdi. İshlashga ketganmi yo o'sha yoqdan "tengini" topganmi bunisini aniq aytishmadi. Hullas Gaz, Suv, Elektr va yaqindan boshlab ko'mir ham bizni mahallamizni tark etishdi.. Ora-sirada bo'lsayam habar olishga kelib turamiz degan va'dalarini unutishmasdan kelib turishsa bas. Chunki O'tin ham keyingi paytlarda nozlanib "narhini" ko'taryabdi, bu ketishda O'tin ham Rossiya va Hitoyga ketmasayam Afgoniston taraflarga bosh olib ketib qolmasmikan deb butun mahalla qayguryapmiz.
"Odil Sud"
Bir mamlakatda davlat mulkini talon-taroj qilganlikda ayiblangan shaxs ustidan sud boshlanibdi. Sudda o'sha shaxs rahbarlik qilgan tashkilot ishchilari ham qatnashibdi. Sud boshlangach sudya avvalo qoralovchiga so'z bermasdan oqlovchiga so'z beribdi. Oqlovchi sudlanuvchi shaxs oddiy ishchilikdan raxbarlikkacha bo'lgan davrini sudda so'zlay ketibdi. Oqlovchi shunaqangi gaplarni aytibdiki, hatto hozir sudlanuvchini bo'gib qo'yishga tayyor bo'lganlarni ko'zlariga yosh kelibdi:Nahotki biz shunday ishchan va oqko'ngil rahbarimizni qadriga yetmasak" deya boshlashibdi. Shunda sudlanuvchini yordamchilaridan biri sudyaga qarab: Janob sudya mana oqlovchini gaplarini eshitdiz, rahbarimiz judayam dono va oqil, agar uni ishdan bo'shatib qamoqqa tiqsangiz bizga kim rahbarlik qiladi? Oramizda raxbarlik qobilyati borlar yo'q, qolaversa mana tashkilotimizni bir necha yildan beri boshqarayotgan bo'lsa shaxsan men och qolmadim, agar uni ishdan olsangiz men ochlik e'lon qilaman" debdi. Sudya yana oqlovchiga so'z navbatini beribdi, qoralovchi har qancha so'z navbati berishlarini talab qilsayam unga so'z navbati berilmabdi. Oqlovchi sudlanuvchi haqida gapiraveribdi gapiraveribdi, ohiri sudda o'tirganliginiyam unutib "kimda kim raxbarni o'z joyida qolishini hohlasa qo'lini ko'tarsin debdida qarshilar betaraflar yo'q, yana raxbarlikka o'zi qayta saylandi deb sudni o'zidayoq yana raxbarni raxbarlikka "saylavorishibdi". Sudya ham sudni o'z yakuniga yetganligini e'lon qilibdi, shunda qoralovchi ahir menga so'z navbatini bermadizku desa sudya: İye, siz kimni nomidan gapirmoqchiydiz debdi. Qoralovchi :ishchilar nomidan desa. mana raxbarni yordamchisi ishchilar nomidan gapirdi, qolganlar uni qo'llab quvvatladi, demak biz "halqqa" imkon berdik va ular o'z imkoniyatlaridan foydalanib raxbarni yana raxbarlikka saylashdi debdida zalni tark etibdi. Yana o'z joyiga saylangan raxbar oqlovchini o'zini birinchi o'rinbosari etib tayinlabdi, ochlik e'lon qilaman degan hodimga esa chet ellarga bepul putyovkani istagan vaqtda olishi mumkinligini aytibdi. Va kelajakda ungayam shu tashkilotda birorta amal berishi faqta oradan biroz vaqt o'tishi kerakligini aytibdida qani hamma joy-joyiga borib ishlasin debdi. Qissadan hissani kim qanday chiqaradi bu qissani o'qiganlar hukmiga havola.
3 Ocak 2014 Cuma
O'zbekistonda O'zbek tili davlat tilimi yoki....
O'zbekiston respublikasi hali Mustaqillikka erishmasdan oldin, 1989-yil 21-oktyabrda O'zbekistonda Davlat tili O'zbek tili ekanligi haqida qonun qabul qilingan. Oradan 24 yil o'tibdi-yu lekin hanuzgacha ayrim mutasaddi raxbarlar, tashkilot va muassasalar, firma va yirik korhonalar, davlat boshqaruv organlariga qarashli saytlar o'z ish faoliyatlarini rus tilida olib borishmoqda. Men bu bilan Rus tiliga qarshiman demoqchi emasman, lekin davlat tili O'zbe tili bo'lganidan kegin barcha hujjatlar va rasmiy ishlamlar Davlat tilida bo'lishi kerak emasmi? Ba'zan zalda O'zbek zabon xalq o'tirsayam ma'ruza va majlis rus tilida olib boriladi!! Arizalar, e'lon va eslatmalar ham Rus tilida!. Axir bu Davlat tilini mensimaslik emasmi? Uzoqqa bormaylik, yaqinda UFF "yilning eng yaxshilari"ni taqdirlash marosimidagi sovrinlarga e'tibor bersak barcha sovrinlar ostiga ruscha yozilgan!! Ahir, Rossiyada yoki Qozogiston va evropa mamlakatlarida "yilning eng yaxshilari" sovrinlariga o'zbekcha yozmaydiku!! UFF raxbari O'zbek, PFL raxbari o'zbek.. Aslida gap Raxbarni O'zbek yoki boshqa millat bo'lishida emas, gap Davlat tiliga e'tibor va hurmat ehtirom ko'rsatilishida!! Twitter va Facebookdagi ayrim "dono" va "oqil" "bilimdonu" "donishmand"lar İmloviy hatolarni ko'rsatib tanqid qilgandan ko'ra, Davlat tiliga Davlat idoralarida e'tibor qandayligi haqida yozishsa menimcha maqsadga muvofiq ish bo'lar edi. davlat tili qonuni ho'ja ko'rsin uchun qabul qilinganmi yoki amal qilish uchunmi?? Ba'zi yuridik yoki boshqa hujjatlarni o'qisangiz tarjimasi sof O'zbek tilida emas, Ruscha aralash, ayrimlari bo'lsa tarjima ham qilinmay sharta rus tilida yozila qolgan. TV va gazeta jurnalistlari davlat tili haqida ko'rsatuv va maqola tayyorlashsa, Davlat tili haqidagi qonun ijrosi qanday ketayotganligi haqida tanqidiy va tahliliy maqolayu ko'rsatuvlar tashkil qilinsa Davlat tilini rivojlanishiga o'z hissalarini qo2shgan bo'lisharmidi.. Qolaversa Lotin alifbosiga asoslangan o'zbek alifbosiga o'tish muddati ham allaqachon tugagan lekin hanuzgacha kiril alifbosida faoliyat yuritilyabdi. O'rtada millat sarson, yosh avlod tuzuk quruq kiril alifbosida o'qiy olmasa katta avlod ( asosan 40 yoshdan kattalar) Lotin alifbosida o'qiy olmasdan halak..
Kaydol:
Kayıtlar (Atom)