3 Ocak 2014 Cuma
O'zbekistonda O'zbek tili davlat tilimi yoki....
O'zbekiston respublikasi hali Mustaqillikka erishmasdan oldin, 1989-yil 21-oktyabrda O'zbekistonda Davlat tili O'zbek tili ekanligi haqida qonun qabul qilingan. Oradan 24 yil o'tibdi-yu lekin hanuzgacha ayrim mutasaddi raxbarlar, tashkilot va muassasalar, firma va yirik korhonalar, davlat boshqaruv organlariga qarashli saytlar o'z ish faoliyatlarini rus tilida olib borishmoqda. Men bu bilan Rus tiliga qarshiman demoqchi emasman, lekin davlat tili O'zbe tili bo'lganidan kegin barcha hujjatlar va rasmiy ishlamlar Davlat tilida bo'lishi kerak emasmi? Ba'zan zalda O'zbek zabon xalq o'tirsayam ma'ruza va majlis rus tilida olib boriladi!! Arizalar, e'lon va eslatmalar ham Rus tilida!. Axir bu Davlat tilini mensimaslik emasmi? Uzoqqa bormaylik, yaqinda UFF "yilning eng yaxshilari"ni taqdirlash marosimidagi sovrinlarga e'tibor bersak barcha sovrinlar ostiga ruscha yozilgan!! Ahir, Rossiyada yoki Qozogiston va evropa mamlakatlarida "yilning eng yaxshilari" sovrinlariga o'zbekcha yozmaydiku!! UFF raxbari O'zbek, PFL raxbari o'zbek.. Aslida gap Raxbarni O'zbek yoki boshqa millat bo'lishida emas, gap Davlat tiliga e'tibor va hurmat ehtirom ko'rsatilishida!! Twitter va Facebookdagi ayrim "dono" va "oqil" "bilimdonu" "donishmand"lar İmloviy hatolarni ko'rsatib tanqid qilgandan ko'ra, Davlat tiliga Davlat idoralarida e'tibor qandayligi haqida yozishsa menimcha maqsadga muvofiq ish bo'lar edi. davlat tili qonuni ho'ja ko'rsin uchun qabul qilinganmi yoki amal qilish uchunmi?? Ba'zi yuridik yoki boshqa hujjatlarni o'qisangiz tarjimasi sof O'zbek tilida emas, Ruscha aralash, ayrimlari bo'lsa tarjima ham qilinmay sharta rus tilida yozila qolgan. TV va gazeta jurnalistlari davlat tili haqida ko'rsatuv va maqola tayyorlashsa, Davlat tili haqidagi qonun ijrosi qanday ketayotganligi haqida tanqidiy va tahliliy maqolayu ko'rsatuvlar tashkil qilinsa Davlat tilini rivojlanishiga o'z hissalarini qo2shgan bo'lisharmidi.. Qolaversa Lotin alifbosiga asoslangan o'zbek alifbosiga o'tish muddati ham allaqachon tugagan lekin hanuzgacha kiril alifbosida faoliyat yuritilyabdi. O'rtada millat sarson, yosh avlod tuzuk quruq kiril alifbosida o'qiy olmasa katta avlod ( asosan 40 yoshdan kattalar) Lotin alifbosida o'qiy olmasdan halak..
Kaydol:
Kayıt Yorumları (Atom)
Hiç yorum yok:
Yorum Gönder