Bilmadim kambagal, yo boyni qizi
Yaxshi yo yomon insonni qizi,
Lekin musulmonsan unutma buni
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.
Evropa qiziga o'xshama aslo
satanga o'xshab bo'yanma aslo
momolaring kabi bo'lgin sen dono
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.
Erkaklar gap otsa ko'zingni suzma,
shayton gapiga kirib aslo buzulma
erkakka tik boqma yerga qaragin
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.
Ayolsan doimo ayolday so'zla
ovozing ko'tarmay go'zal so'zlashgin
Behuda so'zlamay quro'n o'qigin,
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.
Elkangni ochib yurish senga yarashmas,
boldirni ko'rsatish ham hech senga emas
Ochiq-sochiq yurish senga merosmas
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.
Sigaret chekishlar, aroq ichishlar
nomaqul so'z so'zlab, so'kinishlar
senga hech mos emas o'zbekni qizi
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.
Sen ayolsan unutma erkak emassan
Allohim yaratgan nozik hilqatsan
shukr qil kofirmas sen mo'minasan
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.
O'zingni kimlarga o'xshatmoqdasan?
O'zligingni qara, unutumoqdasan,
Turishinga qara, tayinsiz millat,
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.
Guncha labinga bo'yoq surtasan,
oydek yuzinga bo'yoq chaplaysan
kindikni teshasan, qoshni teshasan
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.
Qop qora sochingni sariqqa bo'yab
yurasan ko'chada lo'liga o'xshab
Bunday yurmoginga bormi ayt sabab?
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.
Yigitlar gap otsa ko'zing suzilar
Yurishing o'zgarar, nozing yuksalar
Parvo qilmaysan sendan kulsalar
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.
Bo'ldi bas endi o'zliginga qayt,
Dunyo qizlariga bo'lgin sen o'rnak
So'zlarim tanbehmas o'zlikka da'vat
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.
(Shahsiy ijod).
Hiç yorum yok:
Yorum Gönder