31 Aralık 2013 Salı

UFFdagi hisobotga munosabat.

Mirabror Usmonovga paxta qo'yib, uni "oqil raxbar" deyotganlarga: Usmonov UFFni boshqargan 8 yil ichida Yoshlar va o'smirlar terma jamoalarimiz JCHga chiqdi, viloyatlarda va Poytaxtimizda zamonaviy stadionlar qurdi deysizlar, ahir sal insof bilan paxta qo'yib yaltoqlansalaring bo'lmaydimi? Sizlar qaysi viloyatdagi qaysi stadionni aynan UFF qurib berganligini isbotlab bera olasizlar?? Fargonadagi stadionmi?? Fargonadagi stasion shaxarni yangitdan qurish rejasiga asosan boshqa joyda barpo etilyabdi va stadionni bosh pudratchi homiylariniyam sanab beraymi?? Neftchi avvallari o'ynagan fargonadagi markaziy stadion Fargona Davlat Universitetiga tegishli edi!! Va, stasion qurilishini shaxsan viloyat hokimligi o'z nazoratiga olgan!! Namangandagi stadionmi? Namangandagi stadion ham eski stadion talabga javob bermasligi oqibatida qayta bunyod etilmoqda!! Qolaversa o'sha Usmonov necha yil Fargona va Namanganda yangi stadion haqida va'da bergan?? Yoki Bunyodkor stadionimi?? Kechirib qo'yasizlar hurmatli paxtakorlar!! Bunyodkor stadini butun o'zbekiston halqini peshona terisi evaziga qurildi!! Qanchadan qancha tashkilotlar majburan "homiylik" qilgan!! Yana qaysi karomatini aytasizlar?? Erkak kishida sal lafz degan narsa bo'lishi kerak, avvalo ketaman demaslik keragidi ketaman dedimi marxamat ketsin!! Qoladigan bo'lsa sal ishonarli qilib, 2-3ta "nomzod" orasidan qayta "saylab" qo'ysalaringam bo'lardi. Aslida Usmonov 1-marta "saylanganida"yam hech qanday muqobil nomzodsiz "saylangandi". Usmonov nima karomat ko'rsata oldi?? Usmonov faqagina Respublikamiz prezidenti İ.A.Karimovni farmonlari va vazirlar mahkamasini qarorlarini "qisman" bajardi holos, uni o'rnida boshqa raxbar bo'lanidayam albatta yurtboshimizga hisobot berish uchun eng kamida Usmonovchalik ishni bemalol bajara olardi. Usmonovdan avvalgi UFF prezidenti davrida futbol haqida farmon va qarorlar Usmonov davridagidek emasdi. Livan 2000dagi sharmandalikdan so'ng shaxsan İİ vaziri va UFF prezidenti Zokir Almatov UFFda katta islohot qilgandi. Usmonovchi?? Usmonov islohot o'rniga yuvindixo'rlarini martabasini ko'tardi holosku!! yuvindixo'rlarini tanqid qilganlarni " xalq dushmani"ga chiqardiku!! UFF raxbariga yarashadigan ishmidi?? Qolaversa Usmonov necha marta va'da berib ustidan chiqmagan, buniyam eslab qo'ysalaring yomon bo'lmasdi. Yaxshiyam facebook o'zbekistondagi futbol sayti adminlariga tegishli emas, aks holda yozganlarimni 5daqiqa o'tmasdan paxtakor adminlar tarafidan o'chirib tashlanardi. Usmonov JCH 2010 arafasida "biz jchga chiqamiz" demaganmidi?? Saralash musobaqasni avji pallasiga yetib kelganida "biz JCHga shunchaki chiqmoqchi emasmiz, kelasi safar albatta chiqamiz" degan ham shu lo'ttivoz Usmonov emasmidi?? AFCni qiliqlaridan kegin "Biz AFCda qiladigan ishimiz qolmadi, UEFAga o'tamiz" deyishga deb qo'yib sal keyin" men unday demagandim, jurnalistlar noto'gri talqin qilibdi" degan ham shu lo'ttivoz lagmonchi Usmonov emasmidi?? Ahir qaysi mard jurnalist chiqib" Usmonov janoblari ahir siz o'sha gaplarizi rus tilida aytgandiz, biz har qalay rus tilidan habarimiz bor" deyisholmadiku! Uniyam chetga suraylikda "biz Oliy ligani kuchaytirish uchun 6-7dona evropa darajasidagi legioner olib kelamiz, men shaxsan Prezidentimiz İslom Abduganiyevich bilan gaplashdim kerakk bo'lsa pulni hukumat, va UFF to'laydi" deb bayonot bergan ham shu lo'ttivoz emasmidi?? JCH2014 saralash bahslarida TJni o2sha vaqtdagi bosh murabbiyi V.Abramov zimmasiga Terma jamoani Jahon chempionatiga olib chiqish vazifasini yuklatildi degan ham shu lo'ttivoz emasmidi?? Abramovni haydab, Qosimovni Terma jamoaga zo'rlab bosh murabbiy etib tayinlagandan kegin, terma jamoa JCHga chiqolmagach "biz Qosimovga JCHga chiqish vazifasini yuklamagan edik" degan ham shu ikkiyuzli lo'ttivoz Usmonov emasmidi?? Asqar Tolibjonov nafaqta bilet, balki Yoshlar terma jamoasini safarda, boshqa yurtda och qo'ysayam, hattoki terma jamoa futbolchilari raqib futbolchilari bilan esdali uchun futbolka almashtirganida uyalmay, yurtimizni sha'nini yerga urib o'sha futbolkalarni qaytartirib olganidayam gring demay "men Tolibjonovni yaxshi bilaman, u ishchan inson" deb yonini olgan ham shu lo'ttivoz Usmonov emasmi?? sulton itini ho'rlamas deganlaridek, mana Tolibjonovni sodiqligi UFni tashqi ishlari bo'yicha vitse prezidenti lavozimi bilan mukofotlandi. Ahir bunga qanday chidash mumkin?? Qachongacha muhlislar ustidan mazah qilib kulib yuradi?? Abdurahmon Fozilov degan lo'ttivoz ham biz Mirabrorjon akamni rahnamoligi ostida mana Jahon chempionatiga albatta chiqamiz deb dod solib urib olgandi, JCH orzuga aylangach dumini qisgandi, man bugun yana paydo bo'lib "jon akam agar siz iste'fo bersangiz men ochlik e'lon qilaman" deb yaltoqlanib tursa!! Erkakmisan?? Hadeb Usmonovga paxta qo'ygungacha kamchiliklariniyam aytda erkak!! Nimaymish,, viloyatdagi fan klub raxbarlariyam Usmonovni qolishini hohlabdiymish!! Erkak!! Fan klub raxbarlari iltimos qildi usmonov akam siz ketsangiz biz och qolamiz degin, butun o'zbekiston futboli muhlislari nomidan gapirmasdan!! O'lganni ustiga tepgandek ayrim "jurnalistlar" ham Usmonov qolgani yaxhsi bo'pti, undan boshqa qaysi raxbar Futbolimizni boshqara oladi degan gapni aytishib, Usmonovga orada paxta qo'yishibdi. Nima, ertaga Usmonov paq etib o'ib qolsa shu Usmonovga paxta qo'ygan paxtakorlar yangi UFF raxbarigayam huddi Usmonovga yaltoqlangadek yaltoqlanasanlarmi?? Ahir UFFni Usmonovdan boshqasi boshqarolmaydigandiku!! Usmonov UFFdan ketmaydi, ketsayam bir qo'li bilan ushlab turadi degandim, adashgan ekanman, Usmonov UFFni so'ngi tomci qoni qolgungacha so'rib yotaran!! Mayli, Usmonov qolsin (qolidyamku), Qosimov ham qolsin, lekin Asqar Tolibjonov, Rustam Akromov, Sardor najafaliyev, Gali İmomov, Sardor rahmatullayevlar butunlay UFFdan ketsin. Hozirda dunyoni ayrim mamlakatlaridagi noroziliklar nimadan kelib chiqayotganligiga e'tibor qaratdilaringmi? Aynan shunaqangi lo'ttivoz raxbarlarni qilgiliklari natijasida, sabr kosasi to'lgan halq bosh ko'taryabdi. Ohir oqibat Usmonov va uni sodiq itlari, yuvindixo'r va lo'ttivoz paxtakorlari haqiqiy Muhlislar nazaridan qolganidek nafratiga albatta duchor bo'lishadi. Bugun Abdurahmon Fozilov "ochlik e'lon" qilishini aytganidan kegin o'ylaymanki uni Usmonov va unga yaqin xaromxo'rlardan boshqa barchani nafratiga uchradi. Hulosa qilib aytganida yana shu Usmonov bor ekan, demak Hayir JCH Rossiya 2018, salom JCH qatar 2022!!

Hiç yorum yok:

Yorum Gönder