31 Aralık 2013 Salı

Asqar Tolibjonovga ochiq xat -2.

"Hurmatli" Asqarjonbek Tolibjonbekov, sizga yana xat yozishga majbur bo'ldim. Qarasam stadion.uz saytida Hasanali ota MUZga serial hat yozyabdi, ke dedim o'zimga, Asqarjonbek Tolibjonbekov MUZdan qayeri kam dedim, MUZ qarib bo'ldi, uning saltanati tugab boryabdi. Siz bo'lsangiz endi "porlash"ga boshladingiz Hudo biladi UFFni qancha yil emasiz.. Qancha yil qanchadan qancha muhlislar yana sizni "giybat" qilishadiyu.. Siz o'tgan safargi maktubimda aytganimdek hali beri o'lmaysiz, chunki qanchadan qancha muhlislarni yomon bo'lsayam duosini olyapsiz.. Va bu qargishu badduolarni olishda hali beri to2xtamasangiz ham kerak. Asqarjonbek Tolibjonbekov, siz doimo ortoqlik uchrashuvlarini oqilona hal etgansiz. "Ahmoq" terma jamoalar kabi millionlab pullarni bekordan bekorga osmonga sovurmaysiz, yo'l puli, oziq ovqat puli otel va hokazo... Buni ustiga biz bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tqazishga arang rozi bo'lgan terma jamoani nafsigayam 3-4 so'm berish kerak. Sizni "dono" va "oqilligiz", UFF sultonligida bekorga valiahd shazoda etib e'lon qilinmaganligizga isbot o'laroq o'rtoqlik uchrashuvlariniyam "oqilona" yo'l bilan "hal" qilasiz va yana "hal" qilishda yana davom etsangiz kerak. MTJ va Paxtakor, Bunyodkor va PMTJ, Lokomotiv va MTJ.. Ox-ox ox nomlarni qarang jaranglaydiya!! Bir o'q bilan ikki emas bir nechta quyon tugul ayyor tulkiniyam dumidan o'q otib ogzidan chiqarib yuborasiz. Qolaversa MTJdagi tentak va aqlsiz futbolchilarga raqib futbolchilar bilan futbolka almashtirishni taqiqlab judayam "oqilona" ish qildingiz, qoyil. Axir bitta futbolkani MTJ, Olimpiya TJ, Yoshlar ayrim formalarni esa hattoki o'smirlar ham foydalanishi mumkinku to'grimi? "Kallavaram"lar buni qayerdanam tushunishardi!! Axir futbolkaga faqat raqam yozib familyani shundoq nakleyka bilan yopishtirib qo'yish va bu futbolkani bir emas bir nechta terma jamoa foydalanishi mumkinligini, bu bilan UFF hazinasini ( aniqrogi o'zingizni shaxsiy boyligizi va MUZ "hazrat"larini shaxsiy boyligini boyitasiz. Ahir UFF sizlarni shaxsiy "tomorqa"larinku) boyitibyurishizi hammayam tushunavermaydi. Yana bir masalai shu "noshukur" biz muhlislarni ovozimiz o'chishi uchun Hadeb paxtakor, bunyodkor va Lokomotiv yoki "oqlar" va "ko'klar" qilmasdan Qoraqalpogiston respublikasi terma jamoasi tuzib shu terma jamoa bilan o'rtoqlik uchrashuvi "tashkil" qila qolmaysizmi? Har holda ikkinchi Amerikani "kashf" etgan bo'larmidiz?. Balkim shu sabab Qoraqalpogiston futboliyam rivojlanib ketarmidi? Yoki NUKUSLONA degan jamoa tuzib qo'ya qolmaysizmi?. Yoki "Tahiyatash City" degan jamoa tashkil qilinar?Balkim Qoraqalpoq Premer Ligasi degan liga tashkil qilinar? Bordiyu Qoraqalpoq premer ligasi tashkil qilinsa bu liga raxbarligini begona qilmay Farhod Magomedovni ukasimi o'gli yoki jiyanigami bersangiz qo'ynidan tushgani qo'njiga degandek bo'larmidi? Uzr Asqarjonbek Tolibjonbekov, men ham Hasanali otadek bir togdan bir bogdan yozadigan bo'lib qoldim. Hasanali otani blogini ko'p o'qiyman u insonga hurmatim baland hech qanday garazligim yo'q, faqat nega MUZga ochiq xat yozadiyu sizdek "surbet", betondan ham qattiq yoge umuman sizni yuziz qanday materialdan tashkil topganligiga dunyoda material topolmaydigan insonga "paxta" qo'yishmaydiya? Qolaversa Zafar Qosimov ham sizni tanqid qilib xat yozgandi.. Afsus.. Ular hali bu ishlariga judayam judayam qattiq pushaymon bo'lishadi. siz sabr qilavering surbetlik va bezbetlikda davom etavering har qalay valiahd shaxzodasiz. Eson omon UFF taxtiga o'tirsangiz bunday xaqiqatgo'y jurnalistlarni umuman futboldan chetlashtirib yuborasiz. Ehhe, sizga bilet va o'rtoqlik deb to'polon qiladigan muhlisu mutahasizlar dod voy deyaverib o'lib ham ketishadi, yaxshilar o'laveradi sizdek yomon razil va kazzob inson yashashda davom etaveradi.. Nimaymish MUZ davrida viloyatlarda stadionlar qurilibdiymish.. Heh, siz Sutlon bo'lganizda bu stadionlarni buzib sotib yuboraverasiz.. Bahona tappa tayyor, masalan viloyat stadionlaridagi uchrashuvlarda minglab muhlislar kiradi. Bir provakatsiya qilasizda janjal qilib shu jamoani sharta oliy ligadan tushirib yillab oliy ligaga chiqarmaysiz, demak bo'sh stadion kimga kerak to'grimi? Siz UFF taxtiga o'tirishiz bilan bu ishlarni qilsangiz hech kim ajablanmaydi. Uzr, yana nimalar deyapmana.. Hullas Asqarjonbek Tolibjonbekov siz bezetlikda surbetu yolgonchilikda, va'davozu lo'ttivozlikda bardavom bo'ling. Agar yana birorta futbol saytida MUZga ochiq xat yozishsa men ham sizga ochiq xatni 3-sini kerka bo'lsa 4-5-6 hatto 10-xatniyam yozaverman. Yetarki hadeb MUZga ochiq xat yozmasdan hadeb unga paxta qo'yavermay sizgayam paxta qo'yilsin!

P.S: Sizga yozilgan ochiq xatlar kimgadiryoqishi kimgadir yoqmasligi aniq. Ayniqsa sizni "ko'ra olmaydigan" va "noshud-noshukur" muhlislar xatga e'tiroz bildirishlari mumkin. Lekin siz gapinga "gitaramni chaldim" deb o'sha o'zşngizni "nodir" "xislatlariz"da davom etavering. UFF sizni bo'lajak sigiriz bemalol istaganizcha emib yotevring baribir sizdan tehsib chiqmaydi.

Hiç yorum yok:

Yorum Gönder