31 Aralık 2013 Salı

Do'llarim o'zimda tur...

Ey mening jonu - dilim,
Do'llarim qo'limda tur
katmoncha yo kissadamas
bir siqay, qo'limda tur.

Beqaror kurs bu nadur,
Sen mening o'zimda tur
Bevafo evro deydilar
Sen yumshoq qo'limda tur..

Xar yomonu yaxshi kunda
Pachka bo'lib qo'limda tur
Kissada yo katmonda
farqi yo'q sen menda tur.

Puli ko'p so'zi kesilmas
Deydilar yolgon desa ham
Kechmagay maddox puldordan
sen doim o'zimda tur

Bo'ldi deb garchi savdogar
Seni so'mga sotsa ham
ba'zi bir boyvachchasi
evroga almashsa ham

Mayli har ne qilsa ham
oltinga almashsa ham
mendan kechmagin dollar
doimo qo'limda tur.

Menda tursang olqishu
maqtovchilar ham ko'p bo'lar
So'mga sotganlar seni
hali ko'p pushmon qilar..

Bir inson har soniya
ko'zlari pul ahtarar
so'm yoki rubl emas
Hamma do'llar axtarar

Nozaninlar ham ba'zida
faqat dollarni ko'zlar
so'm bersang ko'zin suzib
dollar chiqar deb aytishar..

Ey mening jon dollarim
pul bo'lsang yonimda tur
katmondami, kissada
doimo o'zimda tur..

Ranglaring jonimni olgay
kelgin jonim bir hidlay
Qo'llarim tutsin pachkangdan
Pachkanga surtayin yuz..

Do'llar top ham evro top
bor ana oltinni top
so'm rubillar ketsa ketsin
Do'llarim o'zimda tur

Bevafo evro deydilar
Sen doim o'zima tur,
kissamd ayo katmonda
doimo qo'limda tur..

Do'llarim o'zimda tur...

Hiç yorum yok:

Yorum Gönder