31 Aralık 2013 Salı
UFF shahzodasi Asqar Tolib al yolgoniyni o'zbekiston futbol muhlislariga yangi yil tabrigi!
Hurmatli futbol muhlislari, azizlarim, baraka topgurlar! Sizlarni 2014-yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklashimga ijozat bergaysiz. Qadrli muhlislar, mana 2013-yilniyam eson-omonlik bilan yakunlab oldik. 2013-yil juda ogir yil bo'ldi. Yoshlar va o'smirlar terma jamoalarimiz jahon chempionatida munosib ishtirok etishgan bo'lishsa MTJ har safargidan ham Jahon chempionatiga chiqishiga juda yaqin keldi. Shu vaqtgacha Milliy terma jamoamiz JCHga bunchalik darajada yaqin kelgan emasdi. Bu natijaga albatta osonlikcha erishganimiz yo'q baraka topgurlar. Bu hammasi hurmatli UFF sultoni Mirabror Usmon al lagmoniyning katta hissalari bor. sultonimiz rahnamoligi ostida 2013-yilda viloyatlarimizda sadionlar qurdik, yoshlar va o'smirlar terma jamoalarimiz bir necha marotaba JCHda munosib ishtirok etdi bir nechta futbolchilarimizga horijdan jiddiy takliflar bo'lyabdi faqat hozir transfer amalga oshgani yo'q muzokaralar yakunlansa sizlarga habar beramiz baraka topgurlar. baraka topgurlar, hozirda bizni bir nechta futbolchimiz kuzatov ostda turishibdi. Horijdagilar ularni 5-10 yil kuzatishmoqchi agar barqaror o'yin namoyish etishsa va asosiysi futbolchilarimizni rostdan ham passportda ko'rsatilgan yoshda ekanligiga ishonch hosil qilishsa darhol shartnoma imzolanadi. Milliy terma jamoamizdagi futbolchilarimizgayam qiziqishlar bo'lyabdi, buning hammasi hurmatli sultonimizni oqilona is olib borganligi natijasidir. Hurmatli sultonimiz UFF saltanati tahtiga o'tirib olganlarigayam mana 8 yil to'libdi, yana 4 yilga vaolatlarini uzaytirishga majbur bo'ldik. Buning sababi sultonimiz UFF saltanati tahtini tark etsalar och qoladiganlar bor. Sultonimiz muhlisparvar bo'lganliklari sabablik yana UFF tahtida o'tirishga arang rozi bo'ldilar. MTj faoliyatiga nazar solsak TJM markazi tashkil etilganidan beri ancha rivojlandi. nafaqat osiyo balki jahonni eng kucli terma jamoalridan ham o'rtoqli uchrashuvi o'tqazish takliflari yogilib ketdi. yaqinda Turkiya Terma jamoasi yalinib kelgandi rad qildik chunki bungacha biz bilan o2roqlik uchrashuvi o'tqazish taklifini evropani "grand" jamoalaridan Qozogiston, osiyo grandlaridan Tojikiston rad qilgan edi. Biz Turkiya taklifiga rad javobini berganligimizni asosiy sababi Turkiya terma jamoasi jahon chempionatiga chiqa olmaganligidir. UFFni obro'si shu darajada "oshib" ketganki hattoki UEFA prezidenti deyarli har hafta sultonimizga tel qilib: UEFAga o'ting" deydi lekin sultonimiz doimo siz barakatopgur muhlislarni hadeb evropadagi allaqanday Ronaldu, Riberi, Pedro, Messi Neymar kabi "so'ngan" yulduzlarni stadionda ko'raverishga asblari chidamay stadionga tashrif buyurmay qo'yasizlar degan maqsadda UEFAga o'tishni hayollarigayam keltirmayabdilar. Shundoq ham MTJ o'yinlariga tushish uchun stadionda joy yetishmaydi, biletkar "nomard va noinsof" biletfurushlar qo'liga o'tib ketib qolyabdi. O'yin Bunyodkor stadionida bo'lsayam bilet sotishga mas'ul paxtakor stadioni mutasaddilari "javobgar". Hurmatli baraka topgurlar 2014-yilda MTj bor yo'gi bir marta rasmiy uchrashuvda maydonga tushadi holos qolgan vaqt bo'sh. Biz TJM hodimlari kelasi yilda TJ futbolchilariga dam berishga qaror qildik chunki oldinda mashaqqatli JCH 2018 saralash bahslari turibdi. shundoq ham futbolchilarimiz bir birini yaxshi tushunishsa nima keragi bor ortiqcha pul sarflab. rasmiy uchrashuvdan 2 kun oldin to'planib sarta o'yinga tushib ketaverishadi azamatlar. Baraka topgurlar, o'rtoqlik uchrashuvi to'la 2ta papka bor edi endi 3- va 4-papkalar ham taklifga to'lib bo'ldi, Biz uchrashuvlarni Toshkentda o'tqazmoqchimiz lekin Angilya, Germaniya Argentina TJlari boshqa joyda o'ynaylik deyishyabdi (FİFA 2014 play stationda) . Biz 2014-yilda kamida 5-6ta o'rtoqlik ucrashuvi o'tqazishimiz "mumkin" FİFA kunlari Lokomotiv Bunyodkor yoki Paxtakor jamoalari bizning sparring raqibimiz bo'lishi kutilmoqda va hozirda muzokaralar yakuniy bosqichga kirdi. Qolaversa "Oqlar" va "Ko'klar" jamoalaridan ham "taklif" bor. Baraka topgurlar, sizlar meni "sevishlaringni" yaxshi bilaman, doimo ogorodimdan sizlar tarafdan "unutilib qoldirilgan" ...laringni terib saralab olaman. Qolaversa yaxshiyam baxtlaringa men borman, bordiyu men bo'lmaganimda kimni sevib ich-ichlaringdan so'kinardilaring bilolmadim baraka topgurlar. Tabrik so'ngida sizlarga 2014-yilda mustahkam asab, uzun til va shu uzun tilga yarasha "so'z boyliklari" qolaversa hurmatli sultonimiz Mirabror Zufar al lagmoniyni lagmonlarini ko'tara oladigan baquvvat quloq tilab qolaman. Yangi yilingiz qutlug bo'lsin baraka topgurlar!! Kamoli ehtrom ila UFF valiahd shahzodasi Asqar Tolib al Yolgoniy.
Kaydol:
Kayıt Yorumları (Atom)
Hiç yorum yok:
Yorum Gönder