Salom, hurmatli Ucellhon men sizga bir taklif bilan murojjat qilmoqchiman. Ma'lumingizkim yaqinda "kundoshimiz" MTS "vafot" etdi. To'gri, vaqti kelib biz ham "behosdan" "vafot" etishimiz mumkin lekin hozir gap bizni "vafotimiz" haqida emas balki "marhuma" MTSni "yetim" qolgan mijozlari haqida. Gap shundaki siz va men "o'zimizga to'q"miz va MTSdan "yetim" qolgan mijozlarni "kelishgan" holda "bo'lishib" o'z "qaramogimizga" olsak degandim. Perfectum Mobile va Uzmobilega ham "yetim" mijozlardan bersak ham bo'lardiyu lekin ular o'z "farzandlarini" aloqa bilan arang ta'minlashmoqda, va bu ketishda ikkalasidan biri "bankrot" bo'lib "vafot" etishiyam mumkin. Shu sabablik ham MTSdan "yetim" qolgan mijozlarni "o'z qaramogimizga" olsak, yarmi sizni yarmi meni "uyimga" kira qolsin. Ular hozirda "aza" tutishyabdi va azadorlik vaqtida "adashib" Uzmobile va Perfectum Mobile "honadoni" a'zosi bo'lib qolishlari "mumkin". "Azador" mijozlar "adashgan" oilaga kirib qolmasliklari uchun ikkalamiz hamkorlikda ishlaylik. "Azador"larga kuniga 25 mgbayt internet va 5-10 donadan bepul sms "hadiya" qilsak "marhuma"ni "unutishlari" oson bo'ladi. Hozirgi vaqtda "azadorlarga" chiiqm qilmaslik uchun SİM KARTAni bepul bera qolaylik, kegin 10 baravar qilib qaytarib berishadi. Ko'zi "ochiq" "yetimlar" uchun esa telefon va'da qilamiz. Qarabsizki bagrikenglikda nom chiqaramiz va "mijozparvar" kompaniya degan nomga ega bo'lamiz. Hullas Ucellhon siz ham o'z talab va takliflaringizni tezroq bildirsangiz chunki yuqorida aytganimdek "azador" mijozlar "adashib" perfectum mobilega "farzand" bo'lib qolishmoqda.
P.S: Aslida bu maktub Bilaynhonni MTSni "vafoti" munosabati bilan Ucellhonga ta'ziya xatidan bir parcha holos. Hozirgina arxivdan topib oldim.
Hiç yorum yok:
Yorum Gönder