31 Aralık 2013 Salı
UFF Sultoni Mirabror Usmon Al Lagmoniyni yangi yil tabrigi.
Hurmatli mustahkam asabga ega futbol muhlislari, qadrli yurtdoshlarim. Mana biz uchun judayam mas'ulyatli bo'lgan 2013-yilni ham eson omon yakunlab oldik. O'tgan 2013-yil barchamiz uchun juda ogir mavsum bo'ldi. MTJ jahon chempionatiga chiqish uchun kurashgan bo'lsa, yoshlar va o'smirlarimiz jahon chempionatida munosib ishtirok etishdi. Ayniqsa ahmadjon Musayevga qoyil qolmasliikni ilojisi yo'q. Musayev "akahonlari"ni erkatoylari bilan ham jahon chmpionatida guruhdan chiqishni epladi. Milliy Terma jamoamiz bo'lsa Jahon chempionati ostonasidan qaytdi, ahir 14 ochko olib JCHdan quruq qolish hamma terma jamoagayam nasib etavermaydi, biz bo'lsak buni uddaladik va tarih yozdik. Hurmatli metin asabga ega futbol muhlislari, aziz vatandoshlarim, Men UFF sultoni bo'lganimgayam hash-pash deguncha 8 yil to'libdi va mana shu 8 yillik davrda qanchadan qancha yutuqlarga erishdik. Oldinlari Paxtakor stadioni muhlislar bilan liq to'lar edi, mendan oldingi sulton davrida yarmi to'ladigan bo'ldi mana meni davrimda bitta sektor arang to'lyabdi. Buning asosiy sababi shuki hozir hushyorli davr talabi, kim bilsin stadionda 30ming odam futbol tomosha qilayotganida qo'poruvchilik qilinsa 30ming odam o'lgani yaxshimi yoki 2-3ming odam o'lganimi? Biz sun'iy ravishda bu ishni qildik. Qolaversa yozni ayni qizigan pallasida soat 16-17da futbol uchrashuvi o'tqazish bu futbolchilarimizni jismoniy holatini yaxshilash uchun qilingan bir xarakatdir. Uzr gapimdan chalgib ketdim nima deyotgandim? Ha esimga tushdi hullas meni davrimda qanchadan qancha stadionlar qurdik mana Bunyodkor stadionini qaranglar dunyo havas qiladi, ahir bu stadionni qurish uchun butun respublikadai tadbirkoru tashkilotlar o2z hissalarini hohlashmasaym qo'shishdi. Mana Ravsanjon Ermatov qovun tushirsayam halqaro maydonlarda sudyalik qildi, bundan kegin tushirgan qovunlari natijasida jahon chempionatida bosh hakamlik qilishi dargumon. zato Ravshanjon o'glim meni saltanatimda yetishdi, kimki uni yomonlasa xalq dushmani deb e'lon qilaman. Aslida men shu yili sultonlikda voz kechib o'rnimga valiahd shazodani sulton qilmoqchi edim afsuski Adurahmon Fozil degan saltanatim "fuqarosi" agar sultonlikdan ketsangiz men och qolaman va so'yiladigan ho'kiz pichoqdan toymas deganlaridek yoki och qolgan odam hech narsadan qaytmaydi deganlaridek men am saltanatingizga o't qo'yaman dedi, qolaversa valiahdlarim taht uchun zimdan kurash boshlashdi va men ular murosaga kelgunlarigacha qolaversa viloyatlardan kelgan paxtakorlarimni iltimosiga ko'ra saltanatda MUZlik erasini boshlashga qaror qildim. Ularni dillarini ogritib ketsam "nomardlik" bo'lardi. "Xalq" shuni hohlasa sulton bo'lsayam ilojsiz qolarkan.. Erishgan yutuqlarimizga qaytadigan bo'lsam mana meni davrimda Odil Ahmedov Anjidek jamoada to'p surmoqda uni transfer summasini ayta olmayman. Anjini anjiri chiqqungacha bechora bola u yerda qolishga majbur. Yoki Lokomotiv moskva safidagi Vitaliybekni misol keltiradigan bo'lsam qarang o'zim ham h..et qilyapman nahotki bizdan ham shunaqangi evropa darajasidagi futbolchi chiqqan bo'lsa deb.. Qolaversa MTJ sobiq bosh murabbiyi Qozogistonni Astana klbida 1.5 hafta bo'lsayam ishlab keldi, agar men uni MTJga bosh murabbiy qilmaganimda va haydamaganimda u bunday evropa klubidan taklifni tushidayam ko'rmasdi hammasiga mening oqilona siyosatim sababchi. Hurmatli futbol muhlislari, qadrli metin asabli tili uzun so'z boyligi benihoya keng vatandoshlarim, sizlarga Hudoyim sabr bersin boshqa nima deya olardim? Men bor ekanman asablaring bundan ham battar buzilaveradi, tillaring so'kinaveradi, qo'llaring alamni hotin-bola chaqadan va uydagi idish tovoqdan olishda davom etaveradi. Hurmatli metin asabli vatandoshlarim, Qosimov qo'ydek yuvosh yigit nat talab qila oladi na taklif qila oladi, UFF hazinasini huda-behuda sarflanishiga yuzi chidamaydi, O'rtoqlik deb bosh qotirmaydi, TJga kimni aytsam o'shani chqiradi va asosiysi asosiy tarkibni men va valiahd shahzodam Asqar Tolib al Yolgoniy va Rustam Akrom al lo'ttivoziy tanlasak indamay bosh egib turaveradi. Qadrdonlarim, vatandoshlarim, aslida JCH 2014ga chiqsak bo'lardi, lekin bu bizni halqimizga nima foyda berardi? Turgan bitgani chiqim emasmi? Masalan, bordiyu biz 14-ochko bilan JCHga chiqqanimizda huddi chet eldagidek ashaddiy futbol muhlislarimiz bayram qilisharmidi? Qilishardi, qani yo'q deb ko'ringchi! Bayram qilgandan kegin icharmidi? İchardi!! İchgandan kegin tartib buzarmidi? Buzardi!!! Qarang, ham ichilik ichishdan qaytishiga hissa qo'shdik ham tartib buzib qamalib yoki jarima to'lashni oldini oldik. Ho'p, İordaniyani yutdik ham deylik, Urugvay kelarmidi? Urugvay kelganda 34minglik stadionga 100 ming bilet sotarmidik? Sotardik!! Biletni narhi eng arzoni 300 mingdan 1milliongacha qilsak kim yo'q derdi, o'libdi endi 30millionlik halqdan 300mingdan 1million so'mgacha bilet oladigan mard topilmasa!! Biz ana o'sha pullarni oilasiga sarflashiga imkon yaratdikmi yaratdik!! Ho'p, Urugvayniyam yengib Jahon chempionatiga chiqqanimizda nima bo'lardi?? Kamida 5ming muhlis mashinasini kvartirasini sotib bo'lsayam, lkerak bo'lsa uylanishni yana 2-3yilga orqaga surib bo'lsayam, qarz qavallo qilib bo'lsayam brazilyaga borarmidi? Borardi!!! Biz qanchadan qancha mashina sotilishini, bo'ydoqlar yana bo'ydoqlik davrini surib yuraverishini va kvartiralar sotilib ketishni oldini oldik!! Qadrli metin irodali, asabi po'lat vatandoshlarim, oy bor yil bor JCHga chiqamizda, JCHda birorta TJga muhlislik qilib qo'ya qolinglar. Baaka topgur GorSvetdagilar JCH vaqtida svetni o'chirishmasa marra bizniki. Aytmoqchi, hozirgina valiahd shahzoda Asqar Tolib Al Yolgoniy bo'lajak lagmoniy menga 4ta papkani ko'rsatdi, papka to'la o'rtoqlik uchrashuvi uchun takliflar ekan. Men o'ylab ko'ray 3-4yilda hilosaga kelsam aytarman deb javob berdim. Qolaversa o'zlaring yaxshi bilasizlar UEFA prezidenti Platinibek meni katta holamni erini togasini kichik ammasini o'rtancha o'gli bo'ladi su sabablik ham meni UEFAga o'ting deb tel qilib turadi men ham unga : Osiyoda chorigimizni zo'rga sudrabb yuribmizu UEFAda b... bormi dedim. Qolaversa UEFAdagi davlatlarga viza olish problema. Hurmatli futbol muhlislari, Qosimovga yanvar oyi oxirigacha muhlat berdim, bordiyu talab qilsa chet eldan maslahatchimurabbiy olib kelamiz ahir bilasizlar men doimo "mujiklik" qilib va'dalarimni bajarib kelganman bu safar ham "bajaraman".qadrli vatandoshlarim agar meni saltanatimga subhangiz bo'lsa men cho'zgan lagmonlarga boqing. Kelasi 2014-yilda sizlarga yangidan yangi cho'zma lagmonlar cho'zib berishga va'da bergan holda maktubimni yakunlayman. Kamoli ehtirom ila UFF sultoni Mirabror Usmon Al lagmoniy al Aldariy.
Kaydol:
Kayıt Yorumları (Atom)
Hiç yorum yok:
Yorum Gönder