- Assalomu alaykum UFF prezidenti Mirabror Zufarovich, UFF vitse prezidenti Asqar Tolibjonov va Rustam Akromov. Sizlarga oilam va shaxsan o'z nomimdan minnaddorchilik bildirmoqchiman. Bundan bir necha yil avval aniqrogi 20-asrni ohirlarida men futbol kasallligiga griftor bo'lgan edim. Neftchi jamoasi va MTJni ashaddiy muhlisi bo'ldim. Ammo bu muxlislik judayam yuqumli kasallik ekan, va men bu kasalligimni 5-6 yaqin o'rtoqlarimga, aka-uka va jiyanlarimga yuqtirib qo'ydim. Avvalari bu kasallik salbiy oqibatlarga olib kelishini aytishsa men parvo qilmas edim, kasallik juda havfli ekanligini 1997-yilda Jonajon Neftchi jamoamiz o'z maydonida Toshkentning MXSK jamoasiga maglubiyatga uchraganida his qildim. O'sha kuni stadiondan chiqqanimni eslayman ammo uyga qanday keldim eslolmayman. 1-2kundan kegin kasallik huruji pastlagach uyga qarasam oynalar singan, stollar singan, choynak-piyolalar ham singandi.. Nima bo'ldi deb onamdan so'rasam onajonim :"siqilma o'glim, Neftchi ozib-to'zib bir marta uyida maglubiyatga uchrabdi Hudodan so'rayman endi uyda maglubiyatga uchramasin aks holda uysiz qo'yarkansan" dedi.. Shundagina men kasallik huruj qilib derazayu idish tovoqlarni sindirib tashlaganimni tushunib yetdim.. İkkinchi huruj esa 2000-yilda Livandagi MTJni "hunarlaridan" kegin bo'ldi. İkkinchi hurujni eslagim ham kelmaydi.. İkkinchi hurujda Sarkisyanni va MTJ futbolchilarini haqorat qilgan futboldan habarsiz qo'shnimizni kaltak yeb kasalhonaga tushishiyu men uni kasalhonadan chiqquncha va kasalhonadan chiqqandan kegin ham 4 oy boqqanim bilan yakunlandi. Ehhe, bunday hurujlar Siz UFF boshiga kelganizdan kegin tez-tez tutadigan bo'lib qoldi.. Uyda sinmagan deraza, idish qolmadi, janjallashmagan qo'shnilar ham deyarli qolmadi.. Ayniqsa Asqar Tolibjonovga judayam katta raxmat aytmoqchiman, aynan shu "zot" tufayli kasallik huruj qilishidan qo'rqmay ham qo'ydim. Rustam Akromovni har bir gapidan kasallik huruj qilsa, sizni yolgon va'dalarizu Asqar Tolibjonovni sizdan ham battar yolgonlaridan kegin huruj tutaverib o'nikib ham ketdimu lekin mahalla-kuy ko'nikolmadi, oila, ota-ona va hotin bola chaqa ham dasturhonga o'tirganida Miraboro Usmonov, Asqar Tolibjonov va Rustam Akromovga insof bergin deb duo qiladigan bo'lishdi. Ammo, lekin, biroq na ota-onamni na hotin bola-chaqamni va na mahalladoshlarimni bu duolari hanuzgacha qabul bo'lmayabdi. Balkim ular sizlarga İNSOF berishini chin dildan so'rashmayotgandir? balkim asil niyatlari men muhlislik kasalidan qutulsam bo'ldi shekilli? Hullas bu duo qilishlaru, kasallik hurujlari O'zbekiston-İordaniya o'yinigacha davom etdi. Balkim siz yana UFFdan "muxlislar hoxish-istagiga ko'ra" qolmasdan ERKALİK qilib UFFdan ketganingizda sogayib ketishim ham mumkinmidi? Lekin 10-dekabr kungi UFFni yakuniy hisobot majlisidan kegin muhlislik kasali meni tashlay olmaganidan men o'zim muhlislik qilishdan voz kecha qoldim. Siz, Asqar Tolibjonov, Rustam Akromov, Gali İmomov, Farhod Magomedov, Sardor Najafaliyev va sizlarni "paxtakor" jurnalist-muhlislaring sizlar bilan birga UFFdan ketmas ekansizlar men MUHLİSLİKDAN VOZ KECHDİM. Bu qarorimni e'lon qilganimdan kegin ikkala yon qo'shnim bechora hursand bo'lganidan soqov bo'lib qolishdi, qarang kelsa qo'shaloq keladi deganlari rost ekan, men muhlislik kasalidan voz kechdim qo'shnilarim soqov bo'lib qolishdi, erlari bo'lsa hursandchilikdan menga raxmat aytib endi sizlarga qo'shib meniyam duo qilishyabdi!! Avvallari butun oilam sizlarni UFFdan ketishlaring va insof berishini tilab duo qilishgan bo'lsa endi teskarisini qilishyabdi, ya'ni UFFda qolganlaringdan nafaqat men, balki minglab, yuzminglab o'zbe futboli muhlislari O'zbek futboliga muhlislik qilishdan VOZ KECHİSHDİ! Hurmatli Mirabror Zufarovich sizni va Asqar Tolibjonovni yana uzoooooooq yillar davomida UFF boshida itga tushgan kanadek yopishib, UFFni so'rib yashashlaringni va sizlar bahona ancha muncha ashaddiy futbol muhlisi futboldan bezib futbolni tashlashini tilab qolaman. Futbol 18-asrda Angilyada tavallud topgan bo'lsa Brazilyada yashadi va nihoyat 2013-yilda O'zbekistonda vafot etdi. Hurmatli Mirabror Zufarovich, sizlarga insof tilash befoyda ekanligini nihoyat kech bo'lsada tushunib yetdim, endi bor e'tiborimni oilamga qaratyapman, ular juda hursand. Maktubim so'ngida siz va sizni yuvindixo'rlaringizga temir-betondan ham qattiq bet, kresloga yopishib qolmaslik uchun qo'chqorni dumbasiday dumba va To'ymaydigan nafslaringga yanayam ko'p badnasflik, ko'zlaring aslo to'ymasligini, Tshik tomoqlaringni teshigi yanayam katta bo'lishligini qiyomat kuni javob berishni o'ylamasdan yurishda bardavom bo'lishliklaringni tilab qolaman. Yana bir bora oila a'zolarim, hotini soqov bo'lib hursandchilikdan menga o'rtada SPARK sovga qilishgan qo'shnilarim nomidan sizlarga "raxmat" aytaman.
31 Aralık 2013 Salı
UFFga "raxmat".
Kaydol:
Kayıt Yorumları (Atom)
Hiç yorum yok:
Yorum Gönder