12 Ocak 2014 Pazar
Rasulallohga (S.A.V) Maktub.
Assalomu alaykum Rasulalloh S.A.V, bugun sizni tavallud kuningiz. Allohim ushbu muborak kunda sizga goyibona maktub bitishimni nasib etgani uchun shukronalar keltiraman. Rasulalloh S.A.V, sizga men garchi Alloh sizga bildirib tursada bugungi yashayotgan kunimiz haqida maktub bitmoqdaman. siz yashagan asri saodatda insonlar chindan ham saodatda yashagan ekanlar. Siz yashagan zamonda va undan keyingi zamonlarda mo'minlar haqiqiy mo'min sifatiga mos ravishda yashashgan ekan. Hozirgi yashayotgan zamonamiz shu qadar "taraqqiy" topdiki musulmonni namoz vaqtida musulmon ekanligini bilamiz holos, namozdan kegin deyarli barcha yana bir hil, kiyimda ham yurish-turishda, gunoh ishlashda ham.. Siz yashagan davrda Sahobalar gunoh qilsa yeglab Allohga istigfor aytishgan bo'lishsa hozirgi zamonamizda bunday yeglab istigfor aytishlar afsonadek bo'lib qoldi. Pora olgan ham bergan ham bir hil gunohda ekanligini aytgan bo'lsangiz ham hozir pora berish mahorat, olish bo'lsa san'at darajasiga yetay deb qoldi. Pora bera olmagan va pora olmaganlar kulgiga qolgan zamonda yashamoqdamiz. Yo Rasulalloh S.A.V, Siz yashagan asri saodatda oddiy xalqdan tortib amaldorgacha gunoh ishlasa bir xil jazoga tortilgan bo'lsa bizni zamonamizga kelib jazoga tortilishlar boy-kambagal, amaldor-oddiy xalq, va hokazoga qarab belgilanadigan bo'lib qoldi. Siz yashagan davrda musulmon erkaklar azbaroyi kambagalchilidan kalta ishton va badani ochiq yurgan bo'lishsa bizni zamonamizga kelib kalta shortik kiyish zamonaviylik va madaniyat, yalangoch yurish bo'lsa uyat bo'lmay qoldi. Siz yashagan davrda bir burda nonni ham dindosh birodari bilan bo'lishib yeyishgan bo'lsa bizni zamonamizga kelib bir qop nonni ham ahlatga tashlasa tashlaydiki aslo birovga ehson qilmaydigan bo'lib qolmoqda. Siz yashagan davrda birovdan manfaat kutmasdan yordam qilingan bo'lsa, biz yashagan zamonda amali, boyligiga qarab, keginchalik foydasi tegadimi yoki yo'qmi, shunga qarab yordam berilmoqda. Yo Rasulalloh S.A.V, siz yashagan davrda musulmon bir va'da bersa uni ustidan chiqishga harakat qilgan va iloji boricha va'dasi ustidan chiqqan. Va hamma musulmon insonga ishongan. Ammo ming afsuskim bizni zamonamizga kelib musulmon va'da tugul qasamlar ichadi, lekin ustidan chiqishni hayoligayam keltirmaydi, musulmonni so'ziga, va'da va qasamiga bugungi kunda ishonch tobora so'nib bormoqda... Siz jannat onalar oyogi ostida deb marhamat qilgan mo'tabar onalarimiz bugungi kunda farzandlari tugul farzandini hotin bola-chaqasiga qo'shib boqishga majbur bo'lmoqda, hattoki jihodga ketishda onasini roziligi,ni olmagan sahobani ortga qaytarganingizni bilishsayam ona bizni dunyoga keltirishga sababchi holos deydigan zamonda yashayapmiz. Bugungi kunda onalar farzand mehriga zor yashashmoqda.. Otalar ham farzand o'stirganidan ming pushaymonlikda kun kechirishmoqda.. Siz yashagan davrda sizdan biror narsa o'rganarman deb sizni suhbatingizda bo'lishni orzu qilishgan va sizni muborak yuzingizni ko'rish, duolaringizni olishni baxt sanashgan bo'lishsa bugungi kunda ayrim "musulmonlar" faqat sizni mubora nomingizni bilishadi holos.. Sizni muborak hayotingizni, ahloq va odobingizni, oilaparvarligingizni bilishmaydi. Sizni haqorat qilgan kofirlarga qarshi hech narsa qila olishmaydi, muborak sha'ningizni himoya qila olishmaydi.. Ha, hozir shunday kuchsiz musulmonlar zamonasida yashayapmiz. Sizni muborak sha'ningizni himoya qila olmagan, siz haqqingizda muborak nomingizdan boshqa narsani bilmaydigan bugungi "musulmon" ummatlaringiz, qayoqdagi ajnabiy futbol klubi yoki bir dinsiz futbolchini qachon qayerda tavallud topgani, qaysi klubda faoliyat boshladiyu bolaligi qanday o'tgani, nechta sevgilisi bo'lganiyu nechta va qaysi markadagi mashinasi borligi, qanday kirimni sevishiyu qanday taomni hush ko'rishi, qaysi oyoqda qancha gol urganiyu qancha pas bergani, qancha o'yinda qancha daqiqa o'ynaganiyu qancha kilometr chopganligigacha bilishadi. Oddiy musulmonlar tugul katta-katta hojilar, ulamoyu imomlar o'z manfaati yoki birorta amaldor manfaati uchun harom favolar beradigan zamonda yashayapmiz. Yo Rasulalloh S.A.V, Bugungi kunda siz ohirgi zamon ummatim deb fahrlangan biz ummatingiz shunday razolatda yashamoqdamiz. Siz kelin tanlashda dindorligini tavsiya qilgan bo'lsangiz hozirgi kunda dindorligi yoki chiroyi uchun emas, boyligi uchun kelin qilishmoqda, kuyovlarni halol, Allohdan qo'rqqanligi uchun emas, "toparmon-tutarmon"ligiga qarab kuyov qilishmoqda. Kuyov kambagal lekin Allohdan qo'rqqani uchun pora olmasa, pora bermasa, xaromdan xazar qilsa, o'gri bo'lmasa, boriga shukr qilib yashasa unday kuyovni landovur va lattaga chiqarishadi, boridyu o'gri, kazzob, poraxo'r bo'lsa va boy bo'lsa kelin taraf uchun shuni o'zi yetarli bo'lmoqda, toparmon-tutarmon deb ikki qo'llab qiz berishmoqda... Yo Rasulalloh S.A.V
, siz yashagan davrda musulmon odam o'lsa insonlar uni qabrda qanday savol javob berarkin, qabr azobi tortmasmikan deb o'ylasb yeglashgan bo'lishsa hozirgi kunda o'lmasdan turib yotavermay qachon o'larkinu menga nima meros qoldirarkin, quruq qolmasmikinman, o'lsa o'ligini men ko'msam mega ogirlik qilmasmian?, Marakasiga nima so'ysam ekan, 20-40-52 va yil degan marosimlariga qancha sarflarkinman?, 30-40-50 kilo hatto 100 kilo oshlar damlab maraka qilsam xalq meni "sahovatli" dermikan obro' toparmikanman deb qaygurib yeglaydigan zamonda yashayapmiz. Kambagalllar bo'lsa o'likni o'lishidan ko'ra ko'milishiyu, undan keyingi sarf-harajatni o'ylab yeglaydigan zamonda yashayapmiz. Yo Rasulalloh S.A.V, Saodat asri va undan keyingi zamonlarda musulmonlar hajga Alloh farz qilgani uchun va hajga bir tiyinini bo'lsayam harom aralashtirmay borishgan bo'lishsa bizni zamonamizda Hajga borish Hoji unvonini olish uchun borishga, aslida umrida bir marta borish farz qilingan bo'lsa kim o'zar uchun bir necha marotalab hajga orish musobaqasi bo'layotgan, hajga halol yo'l bilan emas xarom yo'l bilan pul topib, haj yo'llanmasiniyam ULAMOlar tarafidan poraga sotib olinib borilayotgan zamonada yashamoqdamiz. Hajdan kegin gunohlarga tavba qilib boshqalarga o'rnak bo'lish o'rniga hajdan qaytgach el ko'ziga hoji ko'rinib, aslida harom ishlarga battar ruju qo'yib, aroq, qimor va foxishabozlik zinolarni ochiq emas parda orqasida bajaradigan, besh mahal namozni bo'lsa o'lda jo'lda o'qiydigan HOJİlar zamonasida yashayapmiz. Mo'mina onalarimiz Avvallari bilagi ochilib qolsa uyatdan o'lay deyishgan bo'lishsa bugungi kunda bilagi yoki yelkasi berkilgan ko'ylak kiysa uyatdan o'lay deydigan zamonada yashamoqdamiz. Gunoh qilishda mo'min musulmonlar kim o'zar o'ynamoqdamiz. Yo Rasulalloh S.A.V, siz : mo'min mo'minni gunoh qilayotganini ko'rsa qo'li bilan, qo'li bilan qaytarolmasa tili bilan bordiyu tili bilan qaytara olmasa dili bilan qaytarsin lekin bu iymonni zaifligidir " deb marxamat qilgan bo'lsangizda hozir mo'min mo'minni gunoh qilayotganligini ko'rsa til tugul dil bilan ham qaytarmaydigan, aksincha o'zi birgalashib o'sha gunohni qilishda yordam beradigan yoki menga nima battar bo'lsin deb teskari qarab ketadigan, yeqilsa ko'tarish o'rniga ustiga chiqib tepkilaydigan zamonda yashayapmiz. Asri saodatda hamma musulmon ahil bo'lgan bo'lsa bugungi kunda bir mahallada 2-3 masjidga firqa-firqaga bo'linib, mazhab talashib, kofirlarga qarshi ham ilmda ham boshqa sohada bir bo'lish o'rniga aksincha o'sha o'zini maqullamagan firqani maglubiyatga uchrashi uchun gayridin va kofirga dastak ebradigan zamonada yashamoqdamiz.Xotin-qizlar deyarli yarim yalangoch, yigitlar ulardan qolishmaydigan kiyim kiyib yurgan pallada ulamolar bir biri bilan namozni do'ppi kiyib o'qish kerakmi yoki kiymasa ham bo'laveradimi deb tortishib yurgan zamonada yashamoqdamiz. Asri Saodatda musulmonlar bo's vaqtini har bir daqiqiasini Alloh va Rasuli S.A.V buyurgan ishlar va ilm bilan mashgul bo'lishga harakat qilishgan bo'lisha hozirgi zamonda har bir bo'sh daqiqada kino ko'rish, odnoklassnikida behuda vaqt sarflash, har bir qadamini twitterda hammaga e'lon qilish, uxlash bilan yoki fuxush ishlar bilan, harom ishlar bilan vaqt sarflaydigan zamonada yashamoqdamiz. Avvallari Namozhon insonga hamma hurmat bilan qaragan bo'lsa hozir namozhon insonga past, zamondan orqada qolgan qoloq db qaraydigan zamonada yashamoqdamiz. Asri Saodatda muhtoj bo'lganlarga beminnat yordam berilgan bo'lsa, hozir iloji oricha yordam bermaydigan bersa ham minnat bilan qaytararmikan degan hadik bilan yordam beradigan zamonada yashamoqdamiz. Yo Rasulalloh S.A.V
, Bugun muborak mavlud kechasida garchi bugungi kunimiz haqida Alloh sizga bildirsada yana sizga maktub yozdim, Yozish avvali va oirida muborak ruhingizga salavotlar aytdim. Bu sizga birinchi maktubim va Alloh nasib etsa albatta yana goyibona maktub bitaman. Sizga va ahli honadongingizga cheksiz salotu durudlar, Allohdan Rahmatu magfiratlar tilab, qiyomat kunida shafoatingizdan umid qilib bugungi birinchi maktubimni yakunlayman.
Kaydol:
Kayıt Yorumları (Atom)
Hiç yorum yok:
Yorum Gönder