31 Aralık 2013 Salı

Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.

Bilmadim kambagal, yo boyni qizi
Yaxshi yo yomon insonni qizi,
Lekin musulmonsan unutma buni
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.

Evropa qiziga o'xshama aslo
satanga o'xshab bo'yanma aslo
momolaring kabi bo'lgin sen dono
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.

Erkaklar gap otsa ko'zingni suzma,
shayton gapiga kirib aslo buzulma
erkakka tik boqma yerga qaragin
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.

Ayolsan doimo ayolday so'zla
ovozing ko'tarmay go'zal so'zlashgin
Behuda so'zlamay quro'n o'qigin,
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.

Elkangni ochib yurish senga yarashmas,
boldirni ko'rsatish ham hech senga emas
Ochiq-sochiq yurish senga merosmas
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.

Sigaret chekishlar, aroq ichishlar
nomaqul so'z so'zlab, so'kinishlar
senga hech mos emas o'zbekni qizi
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.

Sen ayolsan unutma erkak emassan
Allohim yaratgan nozik hilqatsan
shukr qil kofirmas sen mo'minasan
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.

O'zingni kimlarga o'xshatmoqdasan?
O'zligingni qara, unutumoqdasan,
Turishinga qara, tayinsiz millat,
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.

Guncha labinga bo'yoq surtasan,
oydek yuzinga bo'yoq chaplaysan
kindikni teshasan, qoshni teshasan
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.

Qop qora sochingni sariqqa bo'yab
yurasan ko'chada lo'liga o'xshab
Bunday yurmoginga bormi ayt sabab?
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.

Yigitlar gap otsa ko'zing suzilar
Yurishing o'zgarar, nozing yuksalar
Parvo qilmaysan sendan kulsalar
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.

Bo'ldi bas endi o'zliginga qayt,
Dunyo qizlariga bo'lgin sen o'rnak
So'zlarim tanbehmas o'zlikka da'vat
Mo'mina bo'lgin sen, mo'minni qizi.

(Shahsiy ijod).

MTSim seni sogindim..

Shu kunlarda qadring bilindi
Mijozlaring seni sogindi,
Asablar ham juda buzildi.
MTSim seni sogindim..

İnterneting super ishlardi,
Aloqang ham sifatli edi
Mijozlaring sendan roziydi,
MTSim seni sogindim...

U-cell bizni rosa bopladi,
Beeline ham cho'ntakni shildi.
İkkalovi jonga ko'p tegdi.
MTSim seni sogindim..

Endi kunim U-cellga qoldi
O'sha rasvo Beelinega qoldi..
So'kinishga so'z ham qolmadi
MTSim seni sogindim..

Endi kunimiz U-cellga qoldi
Qaroqchi bo'lgan Beelinega qoldi
Tel ishlatishdan ko'ngil ham qoldi
MTSim seni sogindim..

UFFdagi hisobotga munosabat.

Mirabror Usmonovga paxta qo'yib, uni "oqil raxbar" deyotganlarga: Usmonov UFFni boshqargan 8 yil ichida Yoshlar va o'smirlar terma jamoalarimiz JCHga chiqdi, viloyatlarda va Poytaxtimizda zamonaviy stadionlar qurdi deysizlar, ahir sal insof bilan paxta qo'yib yaltoqlansalaring bo'lmaydimi? Sizlar qaysi viloyatdagi qaysi stadionni aynan UFF qurib berganligini isbotlab bera olasizlar?? Fargonadagi stadionmi?? Fargonadagi stasion shaxarni yangitdan qurish rejasiga asosan boshqa joyda barpo etilyabdi va stadionni bosh pudratchi homiylariniyam sanab beraymi?? Neftchi avvallari o'ynagan fargonadagi markaziy stadion Fargona Davlat Universitetiga tegishli edi!! Va, stasion qurilishini shaxsan viloyat hokimligi o'z nazoratiga olgan!! Namangandagi stadionmi? Namangandagi stadion ham eski stadion talabga javob bermasligi oqibatida qayta bunyod etilmoqda!! Qolaversa o'sha Usmonov necha yil Fargona va Namanganda yangi stadion haqida va'da bergan?? Yoki Bunyodkor stadionimi?? Kechirib qo'yasizlar hurmatli paxtakorlar!! Bunyodkor stadini butun o'zbekiston halqini peshona terisi evaziga qurildi!! Qanchadan qancha tashkilotlar majburan "homiylik" qilgan!! Yana qaysi karomatini aytasizlar?? Erkak kishida sal lafz degan narsa bo'lishi kerak, avvalo ketaman demaslik keragidi ketaman dedimi marxamat ketsin!! Qoladigan bo'lsa sal ishonarli qilib, 2-3ta "nomzod" orasidan qayta "saylab" qo'ysalaringam bo'lardi. Aslida Usmonov 1-marta "saylanganida"yam hech qanday muqobil nomzodsiz "saylangandi". Usmonov nima karomat ko'rsata oldi?? Usmonov faqagina Respublikamiz prezidenti İ.A.Karimovni farmonlari va vazirlar mahkamasini qarorlarini "qisman" bajardi holos, uni o'rnida boshqa raxbar bo'lanidayam albatta yurtboshimizga hisobot berish uchun eng kamida Usmonovchalik ishni bemalol bajara olardi. Usmonovdan avvalgi UFF prezidenti davrida futbol haqida farmon va qarorlar Usmonov davridagidek emasdi. Livan 2000dagi sharmandalikdan so'ng shaxsan İİ vaziri va UFF prezidenti Zokir Almatov UFFda katta islohot qilgandi. Usmonovchi?? Usmonov islohot o'rniga yuvindixo'rlarini martabasini ko'tardi holosku!! yuvindixo'rlarini tanqid qilganlarni " xalq dushmani"ga chiqardiku!! UFF raxbariga yarashadigan ishmidi?? Qolaversa Usmonov necha marta va'da berib ustidan chiqmagan, buniyam eslab qo'ysalaring yomon bo'lmasdi. Yaxshiyam facebook o'zbekistondagi futbol sayti adminlariga tegishli emas, aks holda yozganlarimni 5daqiqa o'tmasdan paxtakor adminlar tarafidan o'chirib tashlanardi. Usmonov JCH 2010 arafasida "biz jchga chiqamiz" demaganmidi?? Saralash musobaqasni avji pallasiga yetib kelganida "biz JCHga shunchaki chiqmoqchi emasmiz, kelasi safar albatta chiqamiz" degan ham shu lo'ttivoz Usmonov emasmidi?? AFCni qiliqlaridan kegin "Biz AFCda qiladigan ishimiz qolmadi, UEFAga o'tamiz" deyishga deb qo'yib sal keyin" men unday demagandim, jurnalistlar noto'gri talqin qilibdi" degan ham shu lo'ttivoz lagmonchi Usmonov emasmidi?? Ahir qaysi mard jurnalist chiqib" Usmonov janoblari ahir siz o'sha gaplarizi rus tilida aytgandiz, biz har qalay rus tilidan habarimiz bor" deyisholmadiku! Uniyam chetga suraylikda "biz Oliy ligani kuchaytirish uchun 6-7dona evropa darajasidagi legioner olib kelamiz, men shaxsan Prezidentimiz İslom Abduganiyevich bilan gaplashdim kerakk bo'lsa pulni hukumat, va UFF to'laydi" deb bayonot bergan ham shu lo'ttivoz emasmidi?? JCH2014 saralash bahslarida TJni o2sha vaqtdagi bosh murabbiyi V.Abramov zimmasiga Terma jamoani Jahon chempionatiga olib chiqish vazifasini yuklatildi degan ham shu lo'ttivoz emasmidi?? Abramovni haydab, Qosimovni Terma jamoaga zo'rlab bosh murabbiy etib tayinlagandan kegin, terma jamoa JCHga chiqolmagach "biz Qosimovga JCHga chiqish vazifasini yuklamagan edik" degan ham shu ikkiyuzli lo'ttivoz Usmonov emasmidi?? Asqar Tolibjonov nafaqta bilet, balki Yoshlar terma jamoasini safarda, boshqa yurtda och qo'ysayam, hattoki terma jamoa futbolchilari raqib futbolchilari bilan esdali uchun futbolka almashtirganida uyalmay, yurtimizni sha'nini yerga urib o'sha futbolkalarni qaytartirib olganidayam gring demay "men Tolibjonovni yaxshi bilaman, u ishchan inson" deb yonini olgan ham shu lo'ttivoz Usmonov emasmi?? sulton itini ho'rlamas deganlaridek, mana Tolibjonovni sodiqligi UFni tashqi ishlari bo'yicha vitse prezidenti lavozimi bilan mukofotlandi. Ahir bunga qanday chidash mumkin?? Qachongacha muhlislar ustidan mazah qilib kulib yuradi?? Abdurahmon Fozilov degan lo'ttivoz ham biz Mirabrorjon akamni rahnamoligi ostida mana Jahon chempionatiga albatta chiqamiz deb dod solib urib olgandi, JCH orzuga aylangach dumini qisgandi, man bugun yana paydo bo'lib "jon akam agar siz iste'fo bersangiz men ochlik e'lon qilaman" deb yaltoqlanib tursa!! Erkakmisan?? Hadeb Usmonovga paxta qo'ygungacha kamchiliklariniyam aytda erkak!! Nimaymish,, viloyatdagi fan klub raxbarlariyam Usmonovni qolishini hohlabdiymish!! Erkak!! Fan klub raxbarlari iltimos qildi usmonov akam siz ketsangiz biz och qolamiz degin, butun o'zbekiston futboli muhlislari nomidan gapirmasdan!! O'lganni ustiga tepgandek ayrim "jurnalistlar" ham Usmonov qolgani yaxhsi bo'pti, undan boshqa qaysi raxbar Futbolimizni boshqara oladi degan gapni aytishib, Usmonovga orada paxta qo'yishibdi. Nima, ertaga Usmonov paq etib o'ib qolsa shu Usmonovga paxta qo'ygan paxtakorlar yangi UFF raxbarigayam huddi Usmonovga yaltoqlangadek yaltoqlanasanlarmi?? Ahir UFFni Usmonovdan boshqasi boshqarolmaydigandiku!! Usmonov UFFdan ketmaydi, ketsayam bir qo'li bilan ushlab turadi degandim, adashgan ekanman, Usmonov UFFni so'ngi tomci qoni qolgungacha so'rib yotaran!! Mayli, Usmonov qolsin (qolidyamku), Qosimov ham qolsin, lekin Asqar Tolibjonov, Rustam Akromov, Sardor najafaliyev, Gali İmomov, Sardor rahmatullayevlar butunlay UFFdan ketsin. Hozirda dunyoni ayrim mamlakatlaridagi noroziliklar nimadan kelib chiqayotganligiga e'tibor qaratdilaringmi? Aynan shunaqangi lo'ttivoz raxbarlarni qilgiliklari natijasida, sabr kosasi to'lgan halq bosh ko'taryabdi. Ohir oqibat Usmonov va uni sodiq itlari, yuvindixo'r va lo'ttivoz paxtakorlari haqiqiy Muhlislar nazaridan qolganidek nafratiga albatta duchor bo'lishadi. Bugun Abdurahmon Fozilov "ochlik e'lon" qilishini aytganidan kegin o'ylaymanki uni Usmonov va unga yaqin xaromxo'rlardan boshqa barchani nafratiga uchradi. Hulosa qilib aytganida yana shu Usmonov bor ekan, demak Hayir JCH Rossiya 2018, salom JCH qatar 2022!!

"Sud"

Bir mamlakatda davlat mulkini talon-taroj qilganlikda ayiblangan shaxs ustidan sud boshlanibdi. Sudda o'sha shaxs rahbarlik qilgan tashkilot ishchilari ham qatnashibdi. Sud boshlangach sudya avvalo qoralovchiga so'z bermasdan oqlovchiga so'z beribdi. Oqlovchi sudlanuvchi shaxs oddiy ishchilikdan raxbarlikkacha bo'lgan davrini sudda so'zlay ketibdi. Oqlovchi shunaqangi gaplarni aytibdiki, hatto hozir sudlanuvchini bo'gib qo'yishga tayyor bo'lganlarni ko'zlariga yosh kelibdi:Nahotki biz shunday ishchan va oqko'ngil rahbarimizni qadriga yetmasak" deya boshlashibdi. Shunda sudlanuvchini yordamchilaridan biri sudyaga qarab: Janob sudya mana oqlovchini gaplarini eshitdiz, rahbarimiz judayam dono va oqil, agar uni ishdan bo'shatib qamoqqa tiqsangiz bizga kim rahbarlik qiladi? Oramizda raxbarlik qobilyati borlar yo'q, qolaversa mana tashkilotimizni bir necha yildan beri boshqarayotgan bo'lsa shaxsan men och qolmadim, agar uni ishdan olsangiz men ochlik e'lon qilaman" debdi. Sudya yana oqlovchiga so'z navbatini beribdi, qoralovchi har qancha so'z navbati berishlarini talab qilsayam unga so'z navbati berilmabdi. Oqlovchi sudlanuvchi haqida gapiraveribdi gapiraveribdi, ohiri sudda o'tirganliginiyam unutib "kimda kim raxbarni o'z joyida qolishini hohlasa qo'lini ko'tarsin debdida qarshilar betaraflar yo'q, yana raxbarlikka o'zi qayta saylandi deb sudni o'zidayoq yana raxbarni raxbarlikka "saylavorishibdi". Sudya ham sudni o'z yakuniga yetganligini e'lon qilibdi, shunda qoralovchi ahir menga so'z navbatini bermadizku desa sudya: İye, siz kimni nomidan gapirmoqchiydiz debdi. Qoralovchi :ishchilar nomidan desa. mana raxbarni yordamchisi ishchilar nomidan gapirdi, qolganlar uni qo'llab quvvatladi, demak biz "halqqa" imkon berdik va ular o'z imkoniyatlaridan foydalanib raxbarni yana raxbarlikka saylashdi debdida zalni tark etibdi. Yana o'z joyiga saylangan raxbar oqlovchini o'zini birinchi o'rinbosari etib tayinlabdi, ochlik e'lon qilaman degan hodimga esa chet ellarga bepul putyovkani istagan vaqtda olishi mumkinligini aytibdi. Va kelajakda ungayam shu tashkilotda birorta amal berishi faqta oradan biroz vaqt o'tishi kerakligini aytibdida qani hamma joy-joyiga borib ishlasin debdi. Qissadan hissani kim qanday chiqaradi bu qissani o'qiganlar hukmiga havola.

Asqar Tolibjonovga ochiq xat -2.

"Hurmatli" Asqarjonbek Tolibjonbekov, sizga yana xat yozishga majbur bo'ldim. Qarasam stadion.uz saytida Hasanali ota MUZga serial hat yozyabdi, ke dedim o'zimga, Asqarjonbek Tolibjonbekov MUZdan qayeri kam dedim, MUZ qarib bo'ldi, uning saltanati tugab boryabdi. Siz bo'lsangiz endi "porlash"ga boshladingiz Hudo biladi UFFni qancha yil emasiz.. Qancha yil qanchadan qancha muhlislar yana sizni "giybat" qilishadiyu.. Siz o'tgan safargi maktubimda aytganimdek hali beri o'lmaysiz, chunki qanchadan qancha muhlislarni yomon bo'lsayam duosini olyapsiz.. Va bu qargishu badduolarni olishda hali beri to2xtamasangiz ham kerak. Asqarjonbek Tolibjonbekov, siz doimo ortoqlik uchrashuvlarini oqilona hal etgansiz. "Ahmoq" terma jamoalar kabi millionlab pullarni bekordan bekorga osmonga sovurmaysiz, yo'l puli, oziq ovqat puli otel va hokazo... Buni ustiga biz bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tqazishga arang rozi bo'lgan terma jamoani nafsigayam 3-4 so'm berish kerak. Sizni "dono" va "oqilligiz", UFF sultonligida bekorga valiahd shazoda etib e'lon qilinmaganligizga isbot o'laroq o'rtoqlik uchrashuvlariniyam "oqilona" yo'l bilan "hal" qilasiz va yana "hal" qilishda yana davom etsangiz kerak. MTJ va Paxtakor, Bunyodkor va PMTJ, Lokomotiv va MTJ.. Ox-ox ox nomlarni qarang jaranglaydiya!! Bir o'q bilan ikki emas bir nechta quyon tugul ayyor tulkiniyam dumidan o'q otib ogzidan chiqarib yuborasiz. Qolaversa MTJdagi tentak va aqlsiz futbolchilarga raqib futbolchilar bilan futbolka almashtirishni taqiqlab judayam "oqilona" ish qildingiz, qoyil. Axir bitta futbolkani MTJ, Olimpiya TJ, Yoshlar ayrim formalarni esa hattoki o'smirlar ham foydalanishi mumkinku to'grimi? "Kallavaram"lar buni qayerdanam tushunishardi!! Axir futbolkaga faqat raqam yozib familyani shundoq nakleyka bilan yopishtirib qo'yish va bu futbolkani bir emas bir nechta terma jamoa foydalanishi mumkinligini, bu bilan UFF hazinasini ( aniqrogi o'zingizni shaxsiy boyligizi va MUZ "hazrat"larini shaxsiy boyligini boyitasiz. Ahir UFF sizlarni shaxsiy "tomorqa"larinku) boyitibyurishizi hammayam tushunavermaydi. Yana bir masalai shu "noshukur" biz muhlislarni ovozimiz o'chishi uchun Hadeb paxtakor, bunyodkor va Lokomotiv yoki "oqlar" va "ko'klar" qilmasdan Qoraqalpogiston respublikasi terma jamoasi tuzib shu terma jamoa bilan o'rtoqlik uchrashuvi "tashkil" qila qolmaysizmi? Har holda ikkinchi Amerikani "kashf" etgan bo'larmidiz?. Balkim shu sabab Qoraqalpogiston futboliyam rivojlanib ketarmidi? Yoki NUKUSLONA degan jamoa tuzib qo'ya qolmaysizmi?. Yoki "Tahiyatash City" degan jamoa tashkil qilinar?Balkim Qoraqalpoq Premer Ligasi degan liga tashkil qilinar? Bordiyu Qoraqalpoq premer ligasi tashkil qilinsa bu liga raxbarligini begona qilmay Farhod Magomedovni ukasimi o'gli yoki jiyanigami bersangiz qo'ynidan tushgani qo'njiga degandek bo'larmidi? Uzr Asqarjonbek Tolibjonbekov, men ham Hasanali otadek bir togdan bir bogdan yozadigan bo'lib qoldim. Hasanali otani blogini ko'p o'qiyman u insonga hurmatim baland hech qanday garazligim yo'q, faqat nega MUZga ochiq xat yozadiyu sizdek "surbet", betondan ham qattiq yoge umuman sizni yuziz qanday materialdan tashkil topganligiga dunyoda material topolmaydigan insonga "paxta" qo'yishmaydiya? Qolaversa Zafar Qosimov ham sizni tanqid qilib xat yozgandi.. Afsus.. Ular hali bu ishlariga judayam judayam qattiq pushaymon bo'lishadi. siz sabr qilavering surbetlik va bezbetlikda davom etavering har qalay valiahd shaxzodasiz. Eson omon UFF taxtiga o'tirsangiz bunday xaqiqatgo'y jurnalistlarni umuman futboldan chetlashtirib yuborasiz. Ehhe, sizga bilet va o'rtoqlik deb to'polon qiladigan muhlisu mutahasizlar dod voy deyaverib o'lib ham ketishadi, yaxshilar o'laveradi sizdek yomon razil va kazzob inson yashashda davom etaveradi.. Nimaymish MUZ davrida viloyatlarda stadionlar qurilibdiymish.. Heh, siz Sutlon bo'lganizda bu stadionlarni buzib sotib yuboraverasiz.. Bahona tappa tayyor, masalan viloyat stadionlaridagi uchrashuvlarda minglab muhlislar kiradi. Bir provakatsiya qilasizda janjal qilib shu jamoani sharta oliy ligadan tushirib yillab oliy ligaga chiqarmaysiz, demak bo'sh stadion kimga kerak to'grimi? Siz UFF taxtiga o'tirishiz bilan bu ishlarni qilsangiz hech kim ajablanmaydi. Uzr, yana nimalar deyapmana.. Hullas Asqarjonbek Tolibjonbekov siz bezetlikda surbetu yolgonchilikda, va'davozu lo'ttivozlikda bardavom bo'ling. Agar yana birorta futbol saytida MUZga ochiq xat yozishsa men ham sizga ochiq xatni 3-sini kerka bo'lsa 4-5-6 hatto 10-xatniyam yozaverman. Yetarki hadeb MUZga ochiq xat yozmasdan hadeb unga paxta qo'yavermay sizgayam paxta qo'yilsin!

P.S: Sizga yozilgan ochiq xatlar kimgadiryoqishi kimgadir yoqmasligi aniq. Ayniqsa sizni "ko'ra olmaydigan" va "noshud-noshukur" muhlislar xatga e'tiroz bildirishlari mumkin. Lekin siz gapinga "gitaramni chaldim" deb o'sha o'zşngizni "nodir" "xislatlariz"da davom etavering. UFF sizni bo'lajak sigiriz bemalol istaganizcha emib yotevring baribir sizdan tehsib chiqmaydi.

Do'llarim o'zimda tur...

Ey mening jonu - dilim,
Do'llarim qo'limda tur
katmoncha yo kissadamas
bir siqay, qo'limda tur.

Beqaror kurs bu nadur,
Sen mening o'zimda tur
Bevafo evro deydilar
Sen yumshoq qo'limda tur..

Xar yomonu yaxshi kunda
Pachka bo'lib qo'limda tur
Kissada yo katmonda
farqi yo'q sen menda tur.

Puli ko'p so'zi kesilmas
Deydilar yolgon desa ham
Kechmagay maddox puldordan
sen doim o'zimda tur

Bo'ldi deb garchi savdogar
Seni so'mga sotsa ham
ba'zi bir boyvachchasi
evroga almashsa ham

Mayli har ne qilsa ham
oltinga almashsa ham
mendan kechmagin dollar
doimo qo'limda tur.

Menda tursang olqishu
maqtovchilar ham ko'p bo'lar
So'mga sotganlar seni
hali ko'p pushmon qilar..

Bir inson har soniya
ko'zlari pul ahtarar
so'm yoki rubl emas
Hamma do'llar axtarar

Nozaninlar ham ba'zida
faqat dollarni ko'zlar
so'm bersang ko'zin suzib
dollar chiqar deb aytishar..

Ey mening jon dollarim
pul bo'lsang yonimda tur
katmondami, kissada
doimo o'zimda tur..

Ranglaring jonimni olgay
kelgin jonim bir hidlay
Qo'llarim tutsin pachkangdan
Pachkanga surtayin yuz..

Do'llar top ham evro top
bor ana oltinni top
so'm rubillar ketsa ketsin
Do'llarim o'zimda tur

Bevafo evro deydilar
Sen doim o'zima tur,
kissamd ayo katmonda
doimo qo'limda tur..

Do'llarim o'zimda tur...

Bilaynni Ucellga yozgan maktubi.

Salom, hurmatli Ucellhon men sizga bir taklif bilan murojjat qilmoqchiman. Ma'lumingizkim yaqinda "kundoshimiz" MTS "vafot" etdi. To'gri, vaqti kelib biz ham "behosdan" "vafot" etishimiz mumkin lekin hozir gap bizni "vafotimiz" haqida emas balki "marhuma" MTSni "yetim" qolgan mijozlari haqida. Gap shundaki siz va men "o'zimizga to'q"miz va MTSdan "yetim" qolgan mijozlarni "kelishgan" holda "bo'lishib" o'z "qaramogimizga" olsak degandim. Perfectum Mobile va Uzmobilega ham "yetim" mijozlardan bersak ham bo'lardiyu lekin ular o'z "farzandlarini" aloqa bilan arang ta'minlashmoqda, va bu ketishda ikkalasidan biri "bankrot" bo'lib "vafot" etishiyam mumkin. Shu sabablik ham MTSdan "yetim" qolgan mijozlarni "o'z qaramogimizga" olsak, yarmi sizni yarmi meni "uyimga" kira qolsin. Ular hozirda "aza" tutishyabdi va azadorlik vaqtida "adashib" Uzmobile va Perfectum Mobile "honadoni" a'zosi bo'lib qolishlari "mumkin". "Azador" mijozlar "adashgan" oilaga kirib qolmasliklari uchun ikkalamiz hamkorlikda ishlaylik. "Azador"larga kuniga 25 mgbayt internet va 5-10 donadan bepul sms "hadiya" qilsak "marhuma"ni "unutishlari" oson bo'ladi. Hozirgi vaqtda "azadorlarga" chiiqm qilmaslik uchun SİM KARTAni bepul bera qolaylik, kegin 10 baravar qilib qaytarib berishadi. Ko'zi "ochiq" "yetimlar" uchun esa telefon va'da qilamiz. Qarabsizki bagrikenglikda nom chiqaramiz va "mijozparvar" kompaniya degan nomga ega bo'lamiz. Hullas Ucellhon siz ham o'z talab va takliflaringizni tezroq bildirsangiz chunki yuqorida aytganimdek "azador" mijozlar "adashib" perfectum mobilega "farzand" bo'lib qolishmoqda.

P.S: Aslida bu maktub Bilaynhonni MTSni "vafoti" munosabati bilan Ucellhonga ta'ziya xatidan bir parcha holos. Hozirgina arxivdan topib oldim.

UFF shahzodasi Asqar Tolib al yolgoniyni o'zbekiston futbol muhlislariga yangi yil tabrigi!

Hurmatli futbol muhlislari, azizlarim, baraka topgurlar! Sizlarni 2014-yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklashimga ijozat bergaysiz. Qadrli muhlislar, mana 2013-yilniyam eson-omonlik bilan yakunlab oldik. 2013-yil juda ogir yil bo'ldi. Yoshlar va o'smirlar terma jamoalarimiz jahon chempionatida munosib ishtirok etishgan bo'lishsa MTJ har safargidan ham Jahon chempionatiga chiqishiga juda yaqin keldi. Shu vaqtgacha Milliy terma jamoamiz JCHga bunchalik darajada yaqin kelgan emasdi. Bu natijaga albatta osonlikcha erishganimiz yo'q baraka topgurlar. Bu hammasi hurmatli UFF sultoni Mirabror Usmon al lagmoniyning katta hissalari bor. sultonimiz rahnamoligi ostida 2013-yilda viloyatlarimizda sadionlar qurdik, yoshlar va o'smirlar terma jamoalarimiz bir necha marotaba JCHda munosib ishtirok etdi bir nechta futbolchilarimizga horijdan jiddiy takliflar bo'lyabdi faqat hozir transfer amalga oshgani yo'q muzokaralar yakunlansa sizlarga habar beramiz baraka topgurlar. baraka topgurlar, hozirda bizni bir nechta futbolchimiz kuzatov ostda turishibdi. Horijdagilar ularni 5-10 yil kuzatishmoqchi agar barqaror o'yin namoyish etishsa va asosiysi futbolchilarimizni rostdan ham passportda ko'rsatilgan yoshda ekanligiga ishonch hosil qilishsa darhol shartnoma imzolanadi. Milliy terma jamoamizdagi futbolchilarimizgayam qiziqishlar bo'lyabdi, buning hammasi hurmatli sultonimizni oqilona is olib borganligi natijasidir. Hurmatli sultonimiz UFF saltanati tahtiga o'tirib olganlarigayam mana 8 yil to'libdi, yana 4 yilga vaolatlarini uzaytirishga majbur bo'ldik. Buning sababi sultonimiz UFF saltanati tahtini tark etsalar och qoladiganlar bor. Sultonimiz muhlisparvar bo'lganliklari sabablik yana UFF tahtida o'tirishga arang rozi bo'ldilar. MTj faoliyatiga nazar solsak TJM markazi tashkil etilganidan beri ancha rivojlandi. nafaqat osiyo balki jahonni eng kucli terma jamoalridan ham o'rtoqli uchrashuvi o'tqazish takliflari yogilib ketdi. yaqinda Turkiya Terma jamoasi yalinib kelgandi rad qildik chunki bungacha biz bilan o2roqlik uchrashuvi o'tqazish taklifini evropani "grand" jamoalaridan Qozogiston, osiyo grandlaridan Tojikiston rad qilgan edi. Biz Turkiya taklifiga rad javobini berganligimizni asosiy sababi Turkiya terma jamoasi jahon chempionatiga chiqa olmaganligidir. UFFni obro'si shu darajada "oshib" ketganki hattoki UEFA prezidenti deyarli har hafta sultonimizga tel qilib: UEFAga o'ting" deydi lekin sultonimiz doimo siz barakatopgur muhlislarni hadeb evropadagi allaqanday Ronaldu, Riberi, Pedro, Messi Neymar kabi "so'ngan" yulduzlarni stadionda ko'raverishga asblari chidamay stadionga tashrif buyurmay qo'yasizlar degan maqsadda UEFAga o'tishni hayollarigayam keltirmayabdilar. Shundoq ham MTJ o'yinlariga tushish uchun stadionda joy yetishmaydi, biletkar "nomard va noinsof" biletfurushlar qo'liga o'tib ketib qolyabdi. O'yin Bunyodkor stadionida bo'lsayam bilet sotishga mas'ul paxtakor stadioni mutasaddilari "javobgar". Hurmatli baraka topgurlar 2014-yilda MTj bor yo'gi bir marta rasmiy uchrashuvda maydonga tushadi holos qolgan vaqt bo'sh. Biz TJM hodimlari kelasi yilda TJ futbolchilariga dam berishga qaror qildik chunki oldinda mashaqqatli JCH 2018 saralash bahslari turibdi. shundoq ham futbolchilarimiz bir birini yaxshi tushunishsa nima keragi bor ortiqcha pul sarflab. rasmiy uchrashuvdan 2 kun oldin to'planib sarta o'yinga tushib ketaverishadi azamatlar. Baraka topgurlar, o'rtoqlik uchrashuvi to'la 2ta papka bor edi endi 3- va 4-papkalar ham taklifga to'lib bo'ldi, Biz uchrashuvlarni Toshkentda o'tqazmoqchimiz lekin Angilya, Germaniya Argentina TJlari boshqa joyda o'ynaylik deyishyabdi (FİFA 2014 play stationda) . Biz 2014-yilda kamida 5-6ta o'rtoqlik ucrashuvi o'tqazishimiz "mumkin" FİFA kunlari Lokomotiv Bunyodkor yoki Paxtakor jamoalari bizning sparring raqibimiz bo'lishi kutilmoqda va hozirda muzokaralar yakuniy bosqichga kirdi. Qolaversa "Oqlar" va "Ko'klar" jamoalaridan ham "taklif" bor. Baraka topgurlar, sizlar meni "sevishlaringni" yaxshi bilaman, doimo ogorodimdan sizlar tarafdan "unutilib qoldirilgan" ...laringni terib saralab olaman. Qolaversa yaxshiyam baxtlaringa men borman, bordiyu men bo'lmaganimda kimni sevib ich-ichlaringdan so'kinardilaring bilolmadim baraka topgurlar. Tabrik so'ngida sizlarga 2014-yilda mustahkam asab, uzun til va shu uzun tilga yarasha "so'z boyliklari" qolaversa hurmatli sultonimiz Mirabror Zufar al lagmoniyni lagmonlarini ko'tara oladigan baquvvat quloq tilab qolaman. Yangi yilingiz qutlug bo'lsin baraka topgurlar!! Kamoli ehtrom ila UFF valiahd shahzodasi Asqar Tolib al Yolgoniy.

UFF Sultoni Mirabror Usmon Al Lagmoniyni yangi yil tabrigi.

Hurmatli mustahkam asabga ega futbol muhlislari, qadrli yurtdoshlarim. Mana biz uchun judayam mas'ulyatli bo'lgan 2013-yilni ham eson omon yakunlab oldik. O'tgan 2013-yil barchamiz uchun juda ogir mavsum bo'ldi. MTJ jahon chempionatiga chiqish uchun kurashgan bo'lsa, yoshlar va o'smirlarimiz jahon chempionatida munosib ishtirok etishdi. Ayniqsa ahmadjon Musayevga qoyil qolmasliikni ilojisi yo'q. Musayev "akahonlari"ni erkatoylari bilan ham jahon chmpionatida guruhdan chiqishni epladi. Milliy Terma jamoamiz bo'lsa Jahon chempionati ostonasidan qaytdi, ahir 14 ochko olib JCHdan quruq qolish hamma terma jamoagayam nasib etavermaydi, biz bo'lsak buni uddaladik va tarih yozdik. Hurmatli metin asabga ega futbol muhlislari, aziz vatandoshlarim, Men UFF sultoni bo'lganimgayam hash-pash deguncha 8 yil to'libdi va mana shu 8 yillik davrda qanchadan qancha yutuqlarga erishdik. Oldinlari Paxtakor stadioni muhlislar bilan liq to'lar edi, mendan oldingi sulton davrida yarmi to'ladigan bo'ldi mana meni davrimda bitta sektor arang to'lyabdi. Buning asosiy sababi shuki hozir hushyorli davr talabi, kim bilsin stadionda 30ming odam futbol tomosha qilayotganida qo'poruvchilik qilinsa 30ming odam o'lgani yaxshimi yoki 2-3ming odam o'lganimi? Biz sun'iy ravishda bu ishni qildik. Qolaversa yozni ayni qizigan pallasida soat 16-17da futbol uchrashuvi o'tqazish bu futbolchilarimizni jismoniy holatini yaxshilash uchun qilingan bir xarakatdir. Uzr gapimdan chalgib ketdim nima deyotgandim? Ha esimga tushdi hullas meni davrimda qanchadan qancha stadionlar qurdik mana Bunyodkor stadionini qaranglar dunyo havas qiladi, ahir bu stadionni qurish uchun butun respublikadai tadbirkoru tashkilotlar o2z hissalarini hohlashmasaym qo'shishdi. Mana Ravsanjon Ermatov qovun tushirsayam halqaro maydonlarda sudyalik qildi, bundan kegin tushirgan qovunlari natijasida jahon chempionatida bosh hakamlik qilishi dargumon. zato Ravshanjon o'glim meni saltanatimda yetishdi, kimki uni yomonlasa xalq dushmani deb e'lon qilaman. Aslida men shu yili sultonlikda voz kechib o'rnimga valiahd shazodani sulton qilmoqchi edim afsuski Adurahmon Fozil degan saltanatim "fuqarosi" agar sultonlikdan ketsangiz men och qolaman va so'yiladigan ho'kiz pichoqdan toymas deganlaridek yoki och qolgan odam hech narsadan qaytmaydi deganlaridek men am saltanatingizga o't qo'yaman dedi, qolaversa valiahdlarim taht uchun zimdan kurash boshlashdi va men ular murosaga kelgunlarigacha qolaversa viloyatlardan kelgan paxtakorlarimni iltimosiga ko'ra saltanatda MUZlik erasini boshlashga qaror qildim. Ularni dillarini ogritib ketsam "nomardlik" bo'lardi. "Xalq" shuni hohlasa sulton bo'lsayam ilojsiz qolarkan.. Erishgan yutuqlarimizga qaytadigan bo'lsam mana meni davrimda Odil Ahmedov Anjidek jamoada to'p surmoqda uni transfer summasini ayta olmayman. Anjini anjiri chiqqungacha bechora bola u yerda qolishga majbur. Yoki Lokomotiv moskva safidagi Vitaliybekni misol keltiradigan bo'lsam qarang o'zim ham h..et qilyapman nahotki bizdan ham shunaqangi evropa darajasidagi futbolchi chiqqan bo'lsa deb.. Qolaversa MTJ sobiq bosh murabbiyi Qozogistonni Astana klbida 1.5 hafta bo'lsayam ishlab keldi, agar men uni MTJga bosh murabbiy qilmaganimda va haydamaganimda u bunday evropa klubidan taklifni tushidayam ko'rmasdi hammasiga mening oqilona siyosatim sababchi. Hurmatli futbol muhlislari, qadrli metin asabli tili uzun so'z boyligi benihoya keng vatandoshlarim, sizlarga Hudoyim sabr bersin boshqa nima deya olardim? Men bor ekanman asablaring bundan ham battar buzilaveradi, tillaring so'kinaveradi, qo'llaring alamni hotin-bola chaqadan va uydagi idish tovoqdan olishda davom etaveradi. Hurmatli metin asabli vatandoshlarim, Qosimov qo'ydek yuvosh yigit nat talab qila oladi na taklif qila oladi, UFF hazinasini huda-behuda sarflanishiga yuzi chidamaydi, O'rtoqlik deb bosh qotirmaydi, TJga kimni aytsam o'shani chqiradi va asosiysi asosiy tarkibni men va valiahd shahzodam Asqar Tolib al Yolgoniy va Rustam Akrom al lo'ttivoziy tanlasak indamay bosh egib turaveradi. Qadrdonlarim, vatandoshlarim, aslida JCH 2014ga chiqsak bo'lardi, lekin bu bizni halqimizga nima foyda berardi? Turgan bitgani chiqim emasmi? Masalan, bordiyu biz 14-ochko bilan JCHga chiqqanimizda huddi chet eldagidek ashaddiy futbol muhlislarimiz bayram qilisharmidi? Qilishardi, qani yo'q deb ko'ringchi! Bayram qilgandan kegin icharmidi? İchardi!! İchgandan kegin tartib buzarmidi? Buzardi!!! Qarang, ham ichilik ichishdan qaytishiga hissa qo'shdik ham tartib buzib qamalib yoki jarima to'lashni oldini oldik. Ho'p, İordaniyani yutdik ham deylik, Urugvay kelarmidi? Urugvay kelganda 34minglik stadionga 100 ming bilet sotarmidik? Sotardik!! Biletni narhi eng arzoni 300 mingdan 1milliongacha qilsak kim yo'q derdi, o'libdi endi 30millionlik halqdan 300mingdan 1million so'mgacha bilet oladigan mard topilmasa!! Biz ana o'sha pullarni oilasiga sarflashiga imkon yaratdikmi yaratdik!! Ho'p, Urugvayniyam yengib Jahon chempionatiga chiqqanimizda nima bo'lardi?? Kamida 5ming muhlis mashinasini kvartirasini sotib bo'lsayam, lkerak bo'lsa uylanishni yana 2-3yilga orqaga surib bo'lsayam, qarz qavallo qilib bo'lsayam brazilyaga borarmidi? Borardi!!! Biz qanchadan qancha mashina sotilishini, bo'ydoqlar yana bo'ydoqlik davrini surib yuraverishini va kvartiralar sotilib ketishni oldini oldik!! Qadrli metin irodali, asabi po'lat vatandoshlarim, oy bor yil bor JCHga chiqamizda, JCHda birorta TJga muhlislik qilib qo'ya qolinglar. Baaka topgur GorSvetdagilar JCH vaqtida svetni o'chirishmasa marra bizniki. Aytmoqchi, hozirgina valiahd shahzoda Asqar Tolib Al Yolgoniy bo'lajak lagmoniy menga 4ta papkani ko'rsatdi, papka to'la o'rtoqlik uchrashuvi uchun takliflar ekan. Men o'ylab ko'ray 3-4yilda hilosaga kelsam aytarman deb javob berdim. Qolaversa o'zlaring yaxshi bilasizlar UEFA prezidenti Platinibek meni katta holamni erini togasini kichik ammasini o'rtancha o'gli bo'ladi su sabablik ham meni UEFAga o'ting deb tel qilib turadi men ham unga : Osiyoda chorigimizni zo'rga sudrabb yuribmizu UEFAda b... bormi dedim. Qolaversa UEFAdagi davlatlarga viza olish problema. Hurmatli futbol muhlislari, Qosimovga yanvar oyi oxirigacha muhlat berdim, bordiyu talab qilsa chet eldan maslahatchimurabbiy olib kelamiz ahir bilasizlar men doimo "mujiklik" qilib va'dalarimni bajarib kelganman bu safar ham "bajaraman".qadrli vatandoshlarim agar meni saltanatimga subhangiz bo'lsa men cho'zgan lagmonlarga boqing. Kelasi 2014-yilda sizlarga yangidan yangi cho'zma lagmonlar cho'zib berishga va'da bergan holda maktubimni yakunlayman. Kamoli ehtirom ila UFF sultoni Mirabror Usmon Al lagmoniy al Aldariy.

UFFga "raxmat".

  • Assalomu alaykum UFF prezidenti Mirabror Zufarovich, UFF vitse prezidenti Asqar Tolibjonov va Rustam Akromov. Sizlarga oilam va shaxsan o'z nomimdan minnaddorchilik bildirmoqchiman. Bundan bir necha yil avval aniqrogi 20-asrni ohirlarida men futbol kasallligiga griftor bo'lgan edim. Neftchi jamoasi va MTJni ashaddiy muhlisi bo'ldim. Ammo bu muxlislik judayam yuqumli kasallik ekan, va men bu kasalligimni 5-6 yaqin o'rtoqlarimga, aka-uka va jiyanlarimga yuqtirib qo'ydim. Avvalari bu kasallik salbiy oqibatlarga olib kelishini aytishsa men parvo qilmas edim, kasallik juda havfli ekanligini 1997-yilda Jonajon Neftchi jamoamiz o'z maydonida Toshkentning MXSK jamoasiga maglubiyatga uchraganida his qildim. O'sha kuni stadiondan chiqqanimni eslayman ammo uyga qanday keldim eslolmayman. 1-2kundan kegin kasallik huruji pastlagach uyga qarasam oynalar singan, stollar singan, choynak-piyolalar ham singandi.. Nima bo'ldi deb onamdan so'rasam onajonim :"siqilma o'glim, Neftchi ozib-to'zib bir marta uyida maglubiyatga uchrabdi Hudodan so'rayman endi uyda maglubiyatga uchramasin aks holda uysiz qo'yarkansan" dedi.. Shundagina men kasallik huruj qilib derazayu idish tovoqlarni sindirib tashlaganimni tushunib yetdim.. İkkinchi huruj esa 2000-yilda Livandagi MTJni "hunarlaridan" kegin bo'ldi. İkkinchi hurujni eslagim ham kelmaydi.. İkkinchi hurujda Sarkisyanni va MTJ futbolchilarini haqorat qilgan futboldan habarsiz qo'shnimizni kaltak yeb kasalhonaga tushishiyu men uni kasalhonadan chiqquncha va kasalhonadan chiqqandan kegin ham 4 oy boqqanim bilan yakunlandi. Ehhe, bunday hurujlar Siz UFF boshiga kelganizdan kegin tez-tez tutadigan bo'lib qoldi.. Uyda sinmagan deraza, idish qolmadi, janjallashmagan qo'shnilar ham deyarli qolmadi.. Ayniqsa Asqar Tolibjonovga judayam katta raxmat aytmoqchiman, aynan shu "zot" tufayli kasallik huruj qilishidan qo'rqmay ham qo'ydim. Rustam Akromovni har bir gapidan kasallik huruj qilsa, sizni yolgon va'dalarizu Asqar Tolibjonovni sizdan ham battar yolgonlaridan kegin huruj tutaverib o'nikib ham ketdimu lekin mahalla-kuy ko'nikolmadi, oila, ota-ona va hotin bola chaqa ham dasturhonga o'tirganida Miraboro Usmonov, Asqar Tolibjonov va Rustam Akromovga insof bergin deb duo qiladigan bo'lishdi. Ammo, lekin, biroq na ota-onamni na hotin bola-chaqamni va na mahalladoshlarimni bu duolari hanuzgacha qabul bo'lmayabdi. Balkim ular sizlarga İNSOF berishini chin dildan so'rashmayotgandir? balkim asil niyatlari men muhlislik kasalidan qutulsam bo'ldi shekilli? Hullas bu duo qilishlaru, kasallik hurujlari O'zbekiston-İordaniya o'yinigacha davom etdi. Balkim siz yana UFFdan "muxlislar hoxish-istagiga ko'ra" qolmasdan ERKALİK qilib UFFdan ketganingizda sogayib ketishim ham mumkinmidi? Lekin 10-dekabr kungi UFFni yakuniy hisobot majlisidan kegin muhlislik kasali meni tashlay olmaganidan men o'zim muhlislik qilishdan voz kecha qoldim. Siz, Asqar Tolibjonov, Rustam Akromov, Gali İmomov, Farhod Magomedov, Sardor Najafaliyev va sizlarni "paxtakor" jurnalist-muhlislaring sizlar bilan birga UFFdan ketmas ekansizlar men MUHLİSLİKDAN VOZ KECHDİM. Bu qarorimni e'lon qilganimdan kegin ikkala yon qo'shnim bechora hursand bo'lganidan soqov bo'lib qolishdi, qarang kelsa qo'shaloq keladi deganlari rost ekan, men muhlislik kasalidan voz kechdim qo'shnilarim soqov bo'lib qolishdi, erlari bo'lsa hursandchilikdan menga raxmat aytib endi sizlarga qo'shib meniyam duo qilishyabdi!! Avvallari butun oilam sizlarni UFFdan ketishlaring va insof berishini tilab duo qilishgan bo'lsa endi teskarisini qilishyabdi, ya'ni UFFda qolganlaringdan nafaqat men, balki minglab, yuzminglab o'zbe futboli muhlislari O'zbek futboliga muhlislik qilishdan VOZ KECHİSHDİ! Hurmatli Mirabror Zufarovich sizni va Asqar Tolibjonovni yana uzoooooooq yillar davomida UFF boshida itga tushgan kanadek yopishib, UFFni so'rib yashashlaringni va sizlar bahona ancha muncha ashaddiy futbol muhlisi futboldan bezib futbolni tashlashini tilab qolaman. Futbol 18-asrda Angilyada tavallud topgan bo'lsa Brazilyada yashadi va nihoyat 2013-yilda O'zbekistonda vafot etdi. Hurmatli Mirabror Zufarovich, sizlarga insof tilash befoyda ekanligini nihoyat kech bo'lsada tushunib yetdim, endi bor e'tiborimni oilamga qaratyapman, ular juda hursand. Maktubim so'ngida siz va sizni yuvindixo'rlaringizga temir-betondan ham qattiq bet, kresloga yopishib qolmaslik uchun qo'chqorni dumbasiday dumba va To'ymaydigan nafslaringga yanayam ko'p badnasflik, ko'zlaring aslo to'ymasligini, Tshik tomoqlaringni teshigi yanayam katta bo'lishligini qiyomat kuni javob berishni o'ylamasdan yurishda bardavom bo'lishliklaringni tilab qolaman. Yana bir bora oila a'zolarim, hotini soqov bo'lib hursandchilikdan menga o'rtada SPARK sovga qilishgan qo'shnilarim nomidan sizlarga "raxmat" aytaman.